Kontent qismiga oʻtish

Insof

Vikiiqtibosdan olingan
Insof
Qardosh loyihalar

Insof (arabcha: إِنْصَاف‎ — adolat, odillik, begʻarazlik) — adolat va vijdon bilan ish tutish tuygʻusi, ishda, kishilarga munosabatda halollik, toʻgʻrilik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Insof eng yaxshi fazilatdir:
Kimda insof boʻlsa, u mard kishidir,
Insofsizlik esa nomard ishidir.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Insof — oliyjanoblik belgisidir[2].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Insofsiz kishiga gʻam hamisha yoʻldosh boʻladi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Tamasi koʻpning, insofi oz boʻlar.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Oʻzingdan ojizlarga rahm bilan, oʻzing bilan tenglarga insof bilan, oʻzingdan ustunlarga aql bilan boq.

  Otalar soʻzi[4]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 196.
  2. Tursun 2006, s. 125.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 161.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 195.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.