Ey o‘g‘il! Dunyoda eng yoqimsiz va eng yomon xislatlardan biri ishlamasdan birovlarning in’om-ehsoniga tama ko‘zini tikib o‘tirishdir. Kasb-uhunar egasi tamadan xolidir. U o‘z hunarining fazilati tufayli o‘z mehnati bilan halol topib, halol yeydi.
Tamagir boʻlmaslik kerak. Kishining boshiga tamadan turli balolar keladi. Sal narsa uchun kishi gʻazablanmasligi kerak, chunki kishi uchun dunyoda gʻazabdan kuchliroq narsa yoʻq. Gʻazab kelgan paytda kishi oʻzining nima qilayotganini oʻzi bilmaydi. Odam kishilarni oʻz feʼliga moslashtirishga urinmasligi kerak. Balki odamlar qanday feʼlda boʻlsa oʻsha feʼlga moslashmoq kerak.