Kontent qismiga oʻtish

Mehnat

Vikiiqtibosdan olingan
Mehnat

Qardosh loyihalar

Mehnat (shuningdek, ish) — jamiyat yoki alohida individ talab va ehtiyojlarini qondirish uchun bajariladigan faoliyat turidir. Mehnat iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida koʻriladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Asalarilar ham oʻz jinsidan boʻlaturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini oʻldirib tashlaydilar[1].

Azizim, to talab oyogʻi ranju mehnat, tikoni bilan majruh boʻlmas ekan visol quli maqsad gulini yoqasiga yetolmaydi. Kishida kuchli intilish boʻlmaguncha murodining oftobi Mashriq umidi ufqidan nur sochib chiqmaydi. Chunki gul terish uchun tikon zahrini chekish lozim. Ranj chekmasdan turib, ganj eshigini ochish mumkin emas. Demak, maqsadga yetishmoq uchun tinimsiz saʼy harakat qilmoq kerak[2].

Baxt havoda esmaydi, mehnatdan keladi[3].

Bu mehnat birla topsang parcha non,
Kishining minnatidin uldur oson[1].

Ishining mazasi boʻlmagan kishining nasabi ish bermay qoʻyadi[4].

Mehnat maymunni odamga aylantirdi

Mehnatning tagi rohat

Ota yoki bobongning nasl-u nasabi bilan emas, balki oʻz mehnating va hunaring bilan keril!

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 87.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 218.
  3. Tursun 2006, s. 117.
  4. Tursun 2006, s. 137.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 33.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.