Hunar
| Hunar | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Hunar — muayyan koʻnikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashgʻulot; kasb.
A
[tahrirlash]B
[tahrirlash]Bir hakim shunday degan edi: „Har kimda oltinu zar qanchalik koʻp boʻlmasin, agar u behunar boʻlsa, hosilsiz daraxtdir“[2].
E
[tahrirlash]Ey oʻgʻil! Bu nasihatlarga quloq sol, kasbu hunar oʻrganishdan or qilma, mehnat qilishni oʻrgan. Yurt va elning rivoji ham hunarga bogʻliq. Eng halol va eng yoqimli yemish va kiyish hunardan hosil boʻladi. Hunar — yashirin xazina. Kuni kelib dunyo tasodiflari tufayli mol-mulkdan ajralsang ham, hunardan hech qachon ajralmaysan. Hunar sening doimiy hamrohing, madadkoringdir.
H
[tahrirlash]Har kim anjir sotib, qorni boʻlsa toʻq,
Unga shu hunardan ustun hunar yoʻq.
Har kimning zari boʻlmasa-da, ammo hunari boʻlsa dunyoda hech bir xavf-xatari boʻlmaydi. Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmogʻi kerak. Hunarsiz kishi quruq savlatdir. Quruq savlat qotib turgan suratga oʻxshaydi. Sen suratga boq, u odamga oʻxshasa-da, joni boʻlmaydi. Daraxt shoxi mevasiz boʻlsa, kiyikning shoxlaridan nima farqi bor. Qalam garchi choʻp boʻlsa-da, ilmu hunarni oshkor qilgani uchun azizdir. Oyna esa goʻzallar yuzi tufayli qoʻlda yuradi. Sen Abu Jahl tarvuzini koʻr, shirin tarvuzlar kabi chiroylidir. Ammo achchiq boʻlgani uchun qiymati yoʻq.
Hunarni qadrlamagan och qoladi.
Hunar va sanʼat shunday narsaki, u keraksiz boʻlib qolmaydi, ishlatmasang ham yoʻqolib ketmaydi, kerak paytda esa senga koʻmakchi boʻladi. Erkak kishiga qirq hunar ham oz. Erkak boʻla turib, „men buni bilmayman“ deyish uyatdir[5].
I
[tahrirlash]K
[tahrirlash]Keltirishlaricha, bir hakim oʻz oʻgʻliga nasihat qilib, shunday der ekan:
Oltining xarj bilan oxir boʻlar kam,
Hunar shunday ganjki, kamaymas hech dam!
Ularning farqini aytsam agarda,
Hunar chashma erur, oltin-chi shabnam![6]
O
[tahrirlash]Ota yoki bobongning nasl-u nasabi bilan emas, balki oʻz mehnating va hunaring bilan keril!
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 5.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 199.
- ↑ 3,0 3,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 22.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 20.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 23.
- ↑ Tursun 2006, s. 88.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 33.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.