Odam yoki inson — sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi.
Odamlarga odamlarning yoqimlirogʻi odamlardan behojat boʻlgani va ulardan hech narsa soʻramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj boʻlganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirogʻi Allohga muhtoj boʻlgani va Undan soʻragani, Allohga odamlarning yomonrogʻi Undan behojat boʻlgani va hech narsa soʻramaganidir[8].
Odamlarni davlating yetarli va ishing yurishib turganda emas, balki kambagʻallik va nochorlik paytingda sina, shunda ularning yaxshi yoki yomon ekanini bilasan.
Odamlarning oliyjanobi oʻziga nisbatan odamlarda muhabbat uygʻonishiga urinuvchi, odamlarning baxili esa oʻziga nisbatan doʻstlaridanafrat tugʻdiruvchi kishidir.
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.