Kontent qismiga oʻtish

Pul

Vikiiqtibosdan olingan
Pul

Qardosh loyihalar

Pul (fors-tojikcha) – hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Allohga ont ichib aytamanki, pul aziz qilgan har insonni Alloh xor aylagay[1].

Lekin bu dunyoda pulsiz yashab boʻlmaydi, pulsiz baxtli boʻlolmaydi kishi. Men, albatta, katta mol-dunyo haqida gapirayotganim yoʻq, durustroq kun koʻrishga yetadigan doimiy daromad boʻlsa bas[2].

Pulini behuda isrof qilgan odam, ogʻir kunda xor boʻladi.

Pulni oʻylab sarf qilmoq yarim foydadir[4].

Pul — munofiqlarning tizgini, ular otashdan qochmoqchi boʻlib turganlarida pul tizgin boʻlib turadi[1].

Pulni ishlatsang ozayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib, koʻpayadi.

Pulning qayerdan va qanday kelayotganini bilmoqchi boʻlsang, qayerga sarf qilinayotganiga qaragin[6].

Pul-u molga boʻlgan tashnalik suvga boʻlgan tashnalikdan koʻra dahshatlidir[7].

Pul — chayondir, agar halolidan topmasang va oʻrnida ishlatmasang, yaqinlasha koʻrma. Chunki chaqsa, zahari seni oʻldiradi[1].

Qirq yildan buyon koʻnglim qovurilgan goʻshtni istaydi, lekin bir dirham ham pulim yoʻq[8].

  • Xastani Alloh davolaydi, pulini tabib oladi[9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,0 1,1 1,2 Tursun 2006, s. 71.
  2. ↑ Jek London. Martin Iden. Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2023 — 384-bet. ISBN 978-9943-27-717-5. 
  3. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 205.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 97.
  5. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 78.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 76.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 93.
  9. ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.