Kontent qismiga oʻtish

Boylik

Vikiiqtibosdan olingan
Boylik

Qardosh loyihalar

Boylik — boy boʻlishlik, boy mavqei; mol-mulkning yigʻindisi, majmui; moʻllik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz. Ular ichadilar, biz ham ichamiz. Ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz. Ularning koʻp mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz[1].

  Abu ad-Dardo
  •  

Boy boʻlishni istasang — qanoatli boʻl.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Boyga soxta taʼzim etganlar eng pastkash odamlardir, faqirga bosh egib, hurmat koʻrsatganlar eng izzatli kishilardir[3].

  Abu Abdulloh Magʻribiy
  •  

Boylardan chetda yur! Chunki qalbingni ularga bogʻlasang, ular bilan hamtovoq boʻlsang, ular itoatiga tushib qolib, Robbingdan yuz oʻgirasan![4]

  Shaqiq Balxiy
  •  

Boylikdan kerilmoq — aqldan nari,
Chunki u oʻtkinchi bulut singari[5].

  Abdurahmon Jomiy
  •  

Boylik ehson qilinsa – izzat, berkitilsa – xorlik keltiradi[3].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Boylikka intilgan tezda kambagʻallashadi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Boylikka hirs qoʻyish — joduning sirtmogʻiga tushib qolish bilan barobar[6].

  Qozi Ahmad Gʻafforiy
  •  

Boylikni topishibdi-yu aql-idrokni yoʻqotishibdi. Ajabo, topgan narsalari bilan yoʻqotgan narsalarining bahosi bir xilmidi?[7]

  Abu Ali ibn Sino
  •  

Boylikning yaxshisi haloldan topilgani va savobli ishlar uchun sarf etilganidir. Boylikning yomoni haromdan topilgani va harom ishlar uchun sarf etilganidir[8].

  Muhammad Zehniy
  •  

Boylik gʻurbatda ham vatan boʻladi, faqirlik vatanda ham gʻurbat boʻladi[9].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Boyning bir koʻzi kambagʻalda boʻlishi kerak. Bir qoʻlini kambagʻalga berishi lozim. Kambagʻaldan yuz oʻgirgan boyning koʻzlari xoin koʻzdir[10].

  Muhammad Kamol Pilav
  •  

Eng katta boylik Alloh taolodan umid qilish va insonlardan hech narsa kutmaslik[4].

  Molik ibn Dinor
  •  

Halol mehnat bilan topilgan va xayrli ishlarga sarflangan boylikdan koʻra yaxshiroq boylik yoʻq!

  Otalar soʻzi[11]
  •  

Ikki kishi besamar ish qilgan va benaf tashvish chekkan: biri – boylik toʻplab, foydalana bilmagan va ikkinchisi – ilm oʻrganib, unga amal qilmagan[12].

  Saʼdiy Sheroziy
  •  

Insonning hunari uning boyligi. Pul tugaydi, biroq hunar tugamaydi.

  Otalar soʻzi[13]
  •  

Kambagʻallar ham, boylar ham uchta narsani ixtiyor etishgan. Kambagʻallarning ixtiyor qilgan narsalari — nafsning rohati, qalbing yumshoq, hisobning yengil boʻlishi. Boylarning ixtiyori — nafsning charchashi, qalbning mashgʻulligi va qattiq hisob[1].

  — Shaqiq Zohid
  •  

Kambagʻallik – dunyoda ofat, oxiratda rohatdir. Boylik – dunyoda rohat, oxiratda ofatdir[14].

  Iso ibn Maryam
  •  

Keragidan ortiqcha qidirgan odam boridan ham ayriladi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Kim boyni ikrom qilib, kambagʻalni xorlasa, laʼnatlangandir[8].

  Abdulloh ibn Abbos
  •  

Kishilar orasida uch xiliga koʻproq achinaman: oldin xalqining yoʻlboshchisi boʻlib, keyin xorlikka yuz tutgan kishiga, oldin boy, keyin faqir boʻlgan kishiga, dunyo oʻyinchoq qilib oʻynagan olimga[15].

  Fuzayl ibn Iyoz
  •  

Kishi uchun nogahoniy oʻlim ikki narsadan keladi: ortiqcha boylik uchun intilishdan va bemaʼni soʻzlarni koʻp gapirishdan.

  Otalar soʻzi[16]
  •  

Mansab, boylik gʻamiga toʻlib-toshsa dil,
Faqir, notavonlarga xizmatda boʻlgil[17].

  Mirzo Bedil
  •  

Mol-dunyo asal aralashtirilgan zahar va shodlik aralashtirilgan gʻamdir.

  Otalar soʻzi[18]
  •  

Mol-dunyo tugaydi, ammo yaxshi ishlar abadiy qoladi.

  Otalar soʻzi[16]
  •  

Odamzot uch narsaga afsuslanib bu dunyodan koʻchadi: toʻplagan moli va boyligi bilan toʻymaydi, orzulariga erisholmaydi, oxirat hayoti uchun hozirligini qilolmaydi[7].

  Hasan al-Basriy
  •  

Oxiratni oʻylamay bu dunyoda boylik izlaganlar bu dunyoda yoki oxiratda xor boʻladilar[19].

  Hamdun Qassor
  •  

Och boydan toʻq it yaxshi.

  Otalar soʻzi[18]
  •  

Rohati yoʻq puldor hech narsasiz kambagʻalga oʻxshaydi.

  Otalar soʻzi[18]
  •  

Toʻrt narsani toʻrt narsadan talab qildik va bu yoʻlda xato etdik: boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan; rohatni koʻplikdan izladik, ozlikda ekan; neʼmatni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, yaʼni Alloh yopgan ayblarda va Islomda ekan[20].

  — Hakim Hotam Lifofiy
  •  

Vaqt, mehnat, halollik, bilim, oʻzni qoʻlga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va axloqiy qudrati — har qanday boylikning sababchisi mana shulardir[21].

  Konstantin Ushinskiy
  •  

Yer ostida qolgan boylikdan, yashirilgan oltindan va bekitilgan ilmdan foyda yoʻq.

  Otalar soʻzi[16]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 90.
  2. 2,0 2,1 2,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 199.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 104.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 82.
  5. Tursun 2006, s. 151.
  6. Tursun 2006, s. 69.
  7. 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 77.
  8. 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 89.
  9. Tursun 2006, s. 88.
  10. Tursun 2006, s. 93.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 219.
  12. Tursun 2006, s. 8.
  13. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 22.
  14. Tursun 2006, s. 73.
  15. Tursun 2006, s. 107.
  16. 16,0 16,1 16,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
  17. Tursun 2006, s. 102.
  18. 18,0 18,1 18,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 201.
  19. Tursun 2006, s. 83.
  20. Tursun 2006, s. 91.
  21. Voronsov 1989, s. 28.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.