Karl Marx
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Karl Marx | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
5-may 1818 Trier |
| Vafoti |
14-mart 1883 London |
| Qardosh loyihalar | |
Karl Heinrich Marx (1818-yil 5-may – 1883-yil 14-mart) — olmon faylasufi va iqtisodchisi boʻlgan.
A
[tahrirlash]- Agar odam tabiatan ijtimoiy mavjudot ekan, binobarin, u oʻzining chinakam tabiatini faqat jamiyatda kamol toptira oladi...[1]
Agar toʻgʻri tushunilgan manfaat barcha axloq printsiplarini tashkil etsa, u holda shunga erishmoq kerakki, ayrim kishilarning xususiy manfaatlari umuminsoniy manfaat bilan mos kelishi kerak[2]. [Karl Marx va Fridrix Engels] |
B
[tahrirlash]- Bir davlatda yashab, bu davlatning tilini bilmaganlar yo bosqinchi yoki ahmoqdir.
- Bolalar ota-onalarini tarbiya qilmoqliklari lozim.
- Boshqa xalqlarni ezuvchi xalq oʻziga-oʻzi kishan toblaydi[3].
D
[tahrirlash]- Dunyo proletarlarining oʻzlarini ushlab turgan zanjirlardan boshqa yoʻqotadigan hech nimasi yoʻq. Ular dunyoga erishishlari mumkin. Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!
F
[tahrirlash]- Falsafaning voqeʼiy olamni oʻrganishga aloqasi masturbatsiyaning jinsiy qovushishga aloqasidek gap.
- Faylasuflar olamni faqatgina turlicha taʼriflab berishdi. Maqsad esa, uni oʻzgartirishdir.
H
[tahrirlash]- Har kimdan — qobiliyatlariga koʻra, har kimga — ehtiyojlariga koʻra.
- Har qanday millat boshqalardan oʻrgana oladi va oʻrganishi ham kerak[4].
I
[tahrirlash]...Inson — mavhum, qandaydir olamdan tashqarida yashaydigan mavjudot emas. Inson — bu inson ruhiy olami, davlat, jamiyatdir[5]. [Karl Marx va Fridrix Engels] |
- Ishchi sinfining faqat internatsional ittifoqigina uning toʻla-toʻkis gʻalabasini taʼminlashi mumkin[3].
K
[tahrirlash]- Kommunizm nazariyasini bitta jumlada shunday tushuntirish mumkin: shaxsiy mulkchilikning bekor qilinishi.
T
[tahrirlash]- Tarix ayrim shaxslarning oʻz maqsadi yoʻlida odamlarni ishlatishi emas. Tarix shu odamlarning oʻz maqsadlariga yetishi yoʻlidagi harakatlaridir.
Y
[tahrirlash]- Yevropa boʻylab ruh kezmoqda; Kommunizm ruhi.
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻtmish tajribasi shuni koʻrsatadiki, turli mamlakatlar ishchilari oʻrtasida qaror topmogʻi zarur boʻlgan va ularni ozodlik uchun oʻz kurashlarida bir-birlarini mahkam qoʻllab-quvvatlashlariga undaydigan birodarlik ittifoqiga mensimay qarash ularning tarqoq harakatlarining umumiy magʻlubiyati bilan jazolanadi[3].
Sh
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, s. 30.
- ↑ Voronsov 1989, s. 26.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Voronsov 1989, s. 23.
- ↑ Voronsov 1989, s. 25.
- ↑ Voronsov 1989, s. 29.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.