Kurd maqollari
Qiyofa
| Kurdlar | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Kurdlar (oʻzlarini kurd, boʻri, kurmanj deb ataydilar) — Yaqin Sharqning qadimgi xalqlarining biri. Turkiyada (7,5 mln. kishidan oshiq), Eronda (5,6 mln. kishiga yaqin), Iroqda (Kurd muxtor viloyatida 3,7 mln. kishi), Suriyada (745 ming kishidan ortiq) va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 18 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kurd tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, yazidlar va boshqa ham bor.
Maqollar
[tahrirlash]- Tugʻ bayroqdorning qoʻlidan olinib, boshqasiga berilganida muammolar boshlanadi.
- Igna bilan quduq qazisa boʻlar, lekin undan suv chiqmaydi.
- Och boʻlsang, Xudoni eslaysan, toʻqligingda — hammasiga oʻzing erishding.
- Menga tegmagan boʻri ming yil yashasin.
- Eshak bilan yursang, eshakchasiga hangray boshlaysan.
- Bekorchilikdan koʻra urush ham afzal.
- Eshakning quroli boʻlsa ham boʻriga yem boʻladi.
- Avval oʻz uyingga xoʻjayin boʻl, soʻng boshqalarga.
- Baʼzida soʻzlashdan koʻra sukut afzal.
- Qalpoq koʻp, unga munosib bosh tanqis.
- Tez yurgan tez charchaydi.
- Togʻ choʻqqisi doim bulutli boʻladi.
- Tuxum oʻgʻirlagan ham, buqani oʻmargan ham — oʻgʻri.
- Zarar — foydaning akasi.
- Hamma narsa oʻz vaqtida yaxshi.
- Koʻz koʻrmasa yurak sevmaydi.
- Bordingmi — qoʻrqma, oldingmi — uyalma.
- Yolgʻiz sherdan ikki tulki afzal, ikki sher — baridan zoʻr.
- Toʻqqiz berib oʻnni ol.
- Ilonning bolasi ham zaharli.
- Yoʻlning uzunligi uning eni bilan oʻlchanadi.
- Taxtaning oʻzi qiyshiq, usta — toʻgʻri.
- Xudo sendan yuz oʻgirsa boʻtqa ham tishingni sindiradi.
- Soqol biron nimani hal qilolganida echki sardor boʻlardi.
- Yoshlikda uylan, bolalaring senga oʻrtoq boʻladi.
- Ilonning bolasi ilondan yomon.
- Katta ham, kichik ham oʻz oʻrnida yaxshi.
- Hatto zahar ham davo boʻladi.
- Mingta doʻst — kam, bitta dushman — koʻp.
- Yuqoriga chiqayotib pastga tushishni ham oʻyla.
- Xachirning bahosi bilan boʻrining nima ishi bor.
- Muhabbat va ehtiros doʻst boʻlsa, ular yurakni ham, qalbni ham vayron qiladi.
- Yolgʻiz odamni yozning issigʻi ham ranjitadi.
- Taqdiriga osilib oʻlish yozilgan odam dengizda choʻkib oʻlmaydi.
- Yomgʻirdan qoʻrqqan doʻlga tutiladi.
- Koʻp bilgan koʻp xato qiladi.
- Qiyinchilik koʻrmagan neʼmatlar qadrini bilmaydi.
- Dushmanning kuchini bilmagan halok boʻladi.
- Bilmaganning qaygʻusi yoʻq.
- Shamolga qarshi tupurma — peshonangga yopishadi.
- Aytganini bajargan — chin inson; aytmasdan bajargan — sher; aytgan-u bajarmagan — eshak.
- Koʻpga erishmoqchi boʻlsang, koʻpni yoʻqotishga tayyor tur.
- Ot ustida oʻtirganning undan tushish ham bor.
- Oʻz aybing bilan yiqildingmi, yigʻlama.
- Tovuq qora boʻlsa ham oq tuxum qoʻyadi.
- Yolgʻonni ham shunday gapirki, soʻzingda tuz boʻlsin.
- Tulkidan soʻradilar: “Guvohing kim?” — u dedi: “Mening dumim”.
- Birovning qoʻlidagi kurak — yengil.
- Otga taqa qoqishsa, eshak ham tuyogʻini tutarmish: “menga ham”.
- Birovning qovurmasidan oʻzingning qotgan noning afzal.
- Kichik dushman katta zarar olib keladi.
- Aqli kaltaning yuki ogʻir.
- Misning rangi tilladek boʻlsa ham u oltin emas.
- Zulm va xayr orasi bir qarich.
- Tutundan qutulaman deb oʻtga oʻzingni otma.
- Hamma koʻk gumbazlar ham masjid emas.
- Hamma erkak ham Erkak emas, hamma sher ham Sher boʻlolmas.
- Shamol egolmaydigan daraxt yoʻq.
- Tandirdan chiqqan bitta non oʻn qadoq undan afzal.
- Aytilgan va bajarilgan ish orasi — 15 yil.
- Itning jasorati egasining darvozasigacha.
- Don olsang — bugʻdoy ol, mato olsang — movut.
- Jangdan keyin qahramon koʻpayadi.
- Hukmdor ilon kabidir: ham zahri bor, ham dorisi.
- Soʻrash — ayb, bermaslik — ikki karra ayb.
- Koʻrkam kiyimli qari erdan yirtiq kiygan boʻlsa ham yoshrogʻi afzal.
- Tutdingmi — qoʻyvorma, qoʻyvordingmi — yugurma.
- Quyosh boʻlmasa Oyning nuri boʻlarmidi?
- Daryo dengizni bulgʻolmaydi.
- Ota-onaning koʻngli — bolada, bolaning koʻngli — koʻhi Qofda.
- Egri oʻtirsang ham toʻgʻri gapir.
- Iymon salla va soqolda emas — qalb va amalda.
- Avval uyingdan 7 marta qidir, soʻng qoʻshningdan soʻra.
- Suriya — shakar, oʻz kulbang undan ham shirin.
- Qancha oʻrgansang ham bilmaganlaring bilganlaringdan koʻp boʻladi.
- Soʻz — javohir, ammo koʻpaysa, qadri tushadi.
- Hamma uyning mehmoni — oʻlim.
- Soʻz bor, gapiruvchi mard yoʻq.
- Qip-qizil, goʻzal olmaning ichida qurt ham yashaydi.
- Avval tingla, soʻngra gapir.
- Avval ot ol, keyin otxona qur.
- It itni yemaydi.
- Chumolilar yigʻilsa, togʻni talqon qiladi.
- Avval otga taqa qoq, soʻng yoʻl sol.
- Dushmaning kuchini bilmasdan turib unga urush ochma.
- Uyatchan ayol — bir shaharga teng, uyatchan erkak — uloqcha.
- Boʻri bolasi odamga birodar boʻlmaydi.
- Xotirjam yashamoqchi boʻlsang, kar, koʻr va soqov boʻl.
- Ishni sen-u men qilamiz, olqishni Shezar oladi.
- Mingta igna bir bigizning oʻrnini bosolmaydi.
- Bekorchining uyi qulaydi.
- Aql — oltin toj, u hammada ham boʻlmaydi.
- Ilm — oltin: zanglamaydi; boylik — lash-lush: chirib bitadi.
- Yaxshi farzand otaning yomon nomini yaxshilaydi; yomon farzand otaning ezgu nomini bulgʻaydi.
- Vatansiz inson — qanotsiz qush.
- Qancha balandga sakrasang pastga qattiqroq tushasan.
- Yer berganini qaytarib oladi.
- Eshak bu dunyo haqida nimani ham bilardi?
- Men bilan hisoblashganning quliman, hisoblashmaganning — xoʻjayini[1].