Ilm
| Ilm | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Ilm (arabcha: علم – bilim, fan, nazariya) – islomga tegishli atama. Qurʼonda qariyb 750 marta ilm soʻzi ishlatilgan.
A
[tahrirlash]Agar sen ilmning bahosini bilmoqchi boʻlsang, donolardan soʻra. Quyoshning shuʼla taratishini koʻzi ravshanlardan soʻra. Nodon sening qancha javohirga egaligingni qayoqdan bilsin, qimmatbaho gavhar qadrini sen bizlardan soʻra![2]
Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qoʻyadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari eʼtiborli boʻladi. Har bir quruq va hoʻl narsalar, hattoki dengizdagi baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istigʻfor aytadi[4].
Amalsiz ilm — mevasiz yogʻoch[5].
B
[tahrirlash]D
[tahrirlash]E
[tahrirlash]Ey insonlar, ilm oʻrganinglar. Alloh taoloning huzurida Uning oʻzi sevgan bir libos boʻlib, ilmning bir bobini oʻrgangan kishiga oʻsha libosni kiygizadi. Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun uch marta tanbeh beradi. Garchi bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi)[4].
F
[tahrirlash]Fazilatga faqat ilmi sharafi bor odam loyiq.
G
[tahrirlash]Gunoh qilish ilmning barakasini yoʻqotadi, uni unutishga olib keladi[10].
H
[tahrirlash]Hamma ibodatlarning eng fazilatlisi ilm bilan qoʻshilib kelganidir[11].
Har kimki ilm-hikmatni oʻrganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi boʻlsin, yaxshi axloq va odobli boʻlsin, soʻzining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan boʻlsin, xiyonat, makr-hiyladan uzoq boʻlsin[13].
I
[tahrirlash]Ilm amalni chaqiradi. Agar ijobat etsa, ilm qoladi. Ijobat etmasa, ilm ketib qoladi[7].
Ilmda Alloh qoʻrquvsi kifoyadir. Jaholatda Allohning mulkida Unga qarshi gʻururlanmoq kifoyadir[14].
Ilmdan azizroq narsa yoʻqdir. Podshohlar odamlarga hokim boʻlsalar, olimlar podshohlar ustidan hokimdir[15].
Ilmdan nasibador kishilar ozgina olgan ilmiga xursand boʻlib, birgina narsani unutganida xafa boʻlishi ilmning sharafiga yetarli dalildir[4].
Ilmga amal etishni oʻzingga odat qil; agar olim ilmini amaliyotga tatbiq etmasa, u ruhsiz badanga oʻxshaydi[16].
Ilm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur[18].
Ilm insoniylik tojidir. Insonlar faqat u bilan ulugʻlanadi. Mol-mulk esa johilning gʻururlangan matosidir. Bu mol-mulk sarf boʻlishi bilan johillar halokatga uchraydi[19].
Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga taʼlim berayotgan kishiga tavozeʼli boʻlinglar. Sizdan taʼlim olayotgan kishilar ham tavozeʼli boʻlishsin. Jabr qiluvchi olimlardan boʻlmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim boʻlmasin[20].
Ilm koʻr qalb koʻzini ochuvchi, qorongʻu zulmatda nur bagʻishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga koʻtariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi roʻza tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor oʻtkazganga tengdir[4].
Ilm koʻtarilmasidan uni oʻrganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli koʻtariladi. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, Alloh yoʻlida shahid boʻlgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat darajalarni koʻrib: „Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa“, deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim boʻlib tugʻilmaydi. Ilm oʻrganish, taʼlim olish bilan egallanadi[21].
Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qoʻriqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda boʻladi[15].
Ilmni amal uchun oʻrganinglar. Aksar odamlar ilmlari togʻdek, amallari zarradek boʻlib qolib, yanglishishadi[7].
Ilmning shukri amaldadir, amalning shukri ziyoda boʻlishligidir[22].
Ilmning cheki yoʻq, qancha koʻp oʻqisang, bilmagan narsalaring shunchalik koʻpayaveradi[23].
Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil boʻlgach, aziz-u mukarram boʻldim[21].
Ilm oʻrganib, unga amal qilmagan kishi xuddi yashirin holda zinoga borib, homilador boʻlgan va keyin siri ochilib qolgan ayolga oʻxshaydi. Alloh taolo ilmiga amal qilmagan kishining sirini ham qiyomat kunida xuddi xotin kabi guvohlar huzurida ochib tashlaydi[11].
Ilm oʻrganishdan uyalgan va takabburlik koʻchasiga kirib qolgan kishilar hech qachon ilmga ega boʻla olmaydilar. Ey oʻgʻil, sen ilm oʻrganishdan uyalma! Nodonlik yomon xislat![25]
Ilm oʻrganish nafl ibodatidan afzalroq[19].
Ilm oʻrganmasdan turib, ulugʻlikka intilgan kishiga hayronman[21].
K
[tahrirlash]Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashgʻul boʻlish menga kechani butunlay bedor oʻtkazishdan mahbubroqdir[4].
Kimki ilmini yozmasa, uning ilmini ilm hisoblamayman[15].
Kishida odob boʻlsa, ilm ham boʻlishi lozim. Odob aqlga bogʻliq narsa. Aql ustiga odob ham qoʻshilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Ulugʻlik aql-u odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi[26].
N
[tahrirlash]O
[tahrirlash]Odamlar sendan oʻrganmasa, sen odamlardan oʻrgan. Ilm shunday narsaki, butun kuch sarf etilmasa, qoʻlga kirmaydi.
Oqil va donolar bilan suhbatdosh boʻling. Ilmingiz har qancha koʻp boʻlsa ham, oʻzingizni ilmsiz hisoblab, yana ilm oʻrganishga kirishing[12].
S
[tahrirlash]Sulaymon alayhissalomga yo ilmni yoki mol-dunyoni tanlash ixtiyori berildi. Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato etildi[15].
Y
[tahrirlash]Yoki ilmli boʻl, yoki ilmga tayanib ish tutadigan boʻl, loaqal ilmni tinglab eshitadigan boʻl, ammo toʻrtinchisi boʻlma, chunki kasodga uchrab halok boʻlasan[10].
Oʻ
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 18.
- ↑ Tursun 2006, s. 58.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Tursun 2006, s. 11.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Tursun 2006, s. 13.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 12.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 170.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Tursun 2006, s. 10.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 Tursun 2006, s. 8.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 16.
- ↑ 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 7.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Tursun 2006, s. 9.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Tursun 2006, s. 20.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 5.
- ↑ 14,0 14,1 Tursun 2006, s. 155.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 Tursun 2006, s. 14.
- ↑ Tursun 2006, s. 12.
- ↑ 17,0 17,1 Tursun 2006, s. 19.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 10.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 19,3 Tursun 2006, s. 16.
- ↑ 20,0 20,1 Tursun 2006, s. 6.
- ↑ 21,0 21,1 21,2 Tursun 2006, s. 15.
- ↑ Tursun 2006, s. 21.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 13.
- ↑ 24,0 24,1 Tursun 2006, s. 17.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.
- ↑ Tursun 2006, s. 93.
- ↑ Tursun 2006, s. 139.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.