Jovidoni xirad
Qiyofa
„Jovidoni xirad“ (forscha: جاویدان خرد – „Boqiy aql idrok“) – Ibn Miskavayh tomonidan olimlarning axloq haqidagi fikrlarini jamlangan asar. Uning qoʻlyozma nusxalari sharqda keng tarqalgan.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Anushirvon bir kuni Yunondan:
— Eng yaxshi yashash qanday yashash? – deb soʻradi.
— Salomat boʻlish va xotirjam yashash eng yaxshi yashash! – deb javob berdi u va davom etib dedi: – Ammo yaxshi nom qoddirish abadiy yashashdir![1]
B
[tahrirlash]- Badavlat kishilardan bir bechoralik bilan kun oʻtkazuvchi Suqrotni aybladi. Suqrot unga: „Agar men xoxlasam sen kabi yashashim mumkin, ammo sen hech qachon men kabi kun kechirolmaysan!“ dedi. Boylardan yana biri Suqrotga: „Sen juda kambagʻal va quruq qoʻlsan“ dedi. Suqrot esa unga: „Agar sen faqirlik lazzatini bilsang edi, menga achinish oʻrniga oʻzingga achinar eding!“ deb javob berdi[1].
- Barzu al-Hakim aytadi:
— Agar sen yolgʻonchilik balosiga duchor boʻlmayin desang, oʻzingga rostgoʻylik xislatini shior qil, nimaiki aytsang, aytgan gapingga vafo qil, mehnatga mubtalo boʻlmay desang, mehnat qiluvchilarga rahm koʻzi bilan boq! Hasad dardiga yoʻliqmay desang, oʻzgalar, mol-u davlatga yetsa, xursand boʻl! Oqil kishilarga yoqmay qolishdan qoʻrqsang, hayo otiga min![1] - Bir hakim oʻz oʻgʻliga shunday nasihat qilgan ekan:
— Ey oʻgʻlim. Qilayotgan ishingda kichkina gunoh boʻlsa ham uni kichik deb hisoblama. Odamlarga yaxshilik qilishning tolibi boʻl, bu ishingdan senga foydalar yetadi. Kuching borligi uchun dushmanni hadeb ezaverma, jonidan toʻygach payt poylab, oʻzingni halok etadi. Birovning yolgʻonchi ekanini bilsang, gapida jon bordir deb, yana uning gapiga chippachin ishonma! Shubhali va gumonli ishlarga qoʻl urma, soʻrovchini noumid holda qaytarma. Oʻzingga yoqmagan narsalarni birovga ravo koʻrma. Birovga qilingan har bir yaxshilik yoki yomonlik kuni kelib oʻzingga qaytishini esingdan chiqarma![1] - Bir kishi Suqrotga: „Sen oʻzingni dunyo neʼmatlaridan mahrum qilgansan!“ deb qoldi. Suqrot undan: „Neʼmat nima?“ deb soʻradi. U kishi: „Semiz barra goʻsht yeyish, sharob ichish, chiroyli kiyinish, goʻzallar bilan ishrat qilish“, deb javob berdi. Suqrot unga shunday dedi: „Bu narsalarning hammasini toʻngʻiz, maymun va darranda hayvonlarga oʻxshashni xohlaydigan kishilarga havola qildim. Bu toifa odamlar oʻz qorinlarini hayvonlar qorni kabi pshshiradilar, ruh imoratini tiklash oʻrniga badan imoratini tiklaydilar“[1].
- Buqrot oʻz shogirdlariga nasihat qilib derdi: „Battar faqir boʻlmay desangiz, mol yigishga haris boʻlmang. Mol-u amvol gʻam-u anduhning koʻzidir. Adolat eng yaxshi narsa. Chunki u jamiki yaxshilikni mujassam qilgan![1]
E
[tahrirlash]- Ey farzand! Sen hech qachon ulugʻlik ketidan quvma! Ulugʻlikni izlash va barchadan ustun boʻlishni xohlash chin inson xislati emas. Kiyinish va yasan-tusan bilan obroʻ topishni oʻylama. Chunki bunday qilish yasama obroʻ topishga urinishdir[1].
F
[tahrirlash]- Fiysogʻurus hakim nasihatlaridan saylanma. U aytdi:
— Ey aziz, sen doim fozil kishilar bilan doʻst tutin, ularning suhbatini qidir, oʻz nafsingni koʻp yeyishdan saqla, gʻazablanishdan, koʻp uxlashdan, qabih ishlarni qilishdan qoch! Ularni hamisha yodda tut, shunga qarab ish qil, kasb-u maishatda oʻrtacha yoʻl tut.
Yana uning soʻzi:
— Har kim doʻst tutishga qodir boʻlmasa, dushmanga qarshi ish tutishda ham ojiz boʻladi. Kishini soʻziga qarab emas, ishiga qarab bilish mumkin![1] - Fors donishmandlaridan Barzu al-Hakim nasihatlari. U yozadi:
“Har bir narsaning paydo boʻlishi uchun bir sabab boʻladi. Shuning uchun nimaiki paydo boʻlgan boʻlsa, avvalo uning sababini qidirmoq lozim, yaxshi hayot kechirish sababi murosa, sirning oshkor boʻlmaslik sababi birovlarning sirini ochmaslikda, iffat sababi oʻzgalarga yomon niyat bilan koʻz tikmaslikda, gina sababi badfeʼllik, doʻstlik sababi ochiq yuzlilik, judolik sababi azob, adovat sababi xilof, xorlik sababi tamaʼ, izzat sababi qanoat, najot sababi rostlik!“[1]
I
[tahrirlash]- Ilm oʻrganishdan uyalgan va takabburlik koʻchasiga kirib qolgan kishilar hech qachon ilmga ega boʻla olmaydilar. Ey oʻgʻil, sen ilm oʻrganishdan uyalma! Nodonlik yomon xislat![1]
K
[tahrirlash]- Kishi uchun eng foydali dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va gʻazabdir[1].
L
[tahrirlash]- Luqmoni hakim oʻz oʻgʻliga dedi:
— Ey oʻgʻlim, yalqovlik koʻchasiga kirma, koʻngling tor boʻlmasin, chunki kimda yalqovlik va besabrlik boʻlsa, u hech qachon baxtga erisha olmaydi![1]
Q
[tahrirlash]- Qays ibn Soidning oʻz oʻgʻliga qilgan nasihatlarida aytadi:
— Ey oʻgʻlim! Shunday masal bor: „Sen birovga zulm etsang, senga ham zulm qilguvchilar bor“. Shu maqolga amal qil, hech kimga zulm qilma. Mol-u davlatdan xazina tayyorlamay, ilmdan xazina qil. Doʻst-birodarlaringni oʻzingdan uzoqlashtirma, har bir ishni maslahat bilan ado qil![1]
X
[tahrirlash]- Xurmus hakim soʻzlaridan:
Odam uchun sazovor narsa shuki, u hikmat oʻrgansin, donolik ilmini bilsin va uni yuragiga naqsh qilsin. Hikmat va fazilatga yetishga qarilik toʻsqinlik qilolmaydi. Hikmatni kimki diliga joylagan boʻlsa, na botir, na qahramon, na podsho, hech kim uni tortib ololmaydi. Kishi oʻz niyatini soʻz bilan muvofiq qilsin, toki tili boshqa-yu, dili boshqa boʻlmasin[1].