Kontent qismiga oʻtish

Nafs

Vikiiqtibosdan olingan
Nafs
Qardosh loyihalar

Nafs – 1) yeyish-ichishga, mol-dunyoga boʻlgan ehtiros; 2) shahvoniy hirs.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar biz moʻmin boʻlaturib, nafsimizni jilovlay olmasak, demak, biz hali komil moʻmin va komil iymon egasi emasmiz. Komiy iymonga ega boʻlmaganimizdan nafsoniy orzu-havaslarni jilovlay olmayapmiz[1].

— Umar Foruq Saydo al-Jazariy

Agar kishi nafsida qoʻrqinch va umid alomatini bilsa, u ishonchli ishni ushlabdi. Qoʻrqinch alomati – Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. Umid alomati – Alloh taolo buyurganlarini qilish[2].

Dunyoda nafsoniy orzularni sevgan kishi xorlikka hozirlansin[3].

Bir suruv qoʻy ichra yuz och boʻri kirganda boʻladigan gʻavgʻodan bir soatlik shayton fasodi ziyodaroqdir. Va yuz shaytonning odamzodga qiladigan fasodidan nafsning odamzodga qiladigan fasodi yomonroqdir[4].

Ey havo-yu havasga berilgan nafs, tez boʻl. Chunki sen bir nafasning himoyasidasan[5].

Eng aqlli kishi shunday kishiki, oʻz nafsiga hokimlik qila oladi. Tirikligida u shunday bir ish qiladiki, bu qilgan ishi oʻlgandan keyin ham uni tiriklar qatorida olib yuradi. Eng ahmoq odam shunday odamki, nafsi qayoqqa boshlasa, oʻsha yogʻga ketaveradi… Oʻlganimdan soʻng odamlar meni kechiradi, deb oʻylaydi.

Eng quturgan hayvon ham pishiq qarmoq bilan ilintirishga nafsingchalik loyiq emas[1].

Har kimning nafsi uni chegaradan chiqarib yuborsa, bu uning oʻlimidir

Havoyi nafsga berilib yashashdan saqlaning[7].

Hech bir narsamni davolash nafsimni tarbiyalash va uni davolashchalik menga ogʻir kelmadi. Chunki u goh men taraf boʻlar, goh menga qarshi chiqardi[8].

Inson nafsi yomon sifatlarga ega boʻlsa, undan qutulmagunicha his olamidagi maʼnolarni, moddaning ortidagi aql va xayol chegaralarini mushohadaqilolmaydi[9].

Insonning dushmani uchtadir: dunyosi, shaytoni va nafsi[1].

Inson ichida eng ablah inson,
Nafs-havo ketidan boʻladi sarson[10].

Kimki oʻz nafsi-balosiyu orzu-havasi domiga tushib qolsa, u beshak oʻzini-oʻzi chuqur qaʼriga tashlagani muqarrar[11].

Kim Qurʼonni yod olsa, qadri baland boʻladi. Kim uning maʼnolarini anglasa, darajasi koʻtariladi. Kim hadisni yodlasa, darajasi koʻtariladi. Kim arabiyni va sheʼrni oʻrgansa, tabiati teranlashadi. Kim nafsini saqlamasa, unga ilm foyda bermaydi[12].

Kishining oʻz nafsidan qochishi sherdan qochgandan foydali.

Kishi sherikchilik bilan ish qilayotganida sherigining tergaganiga nisbatan oʻz nafsini qattiqroq tergamagunicha taqvodorlar qatorida boʻlmaydi[14].

Moʻmin degan oʻz nafsining hokimi boʻlmogʻi kerak. U nafsini Alloh uchun hisob berdiradi. Dunyoda nafs bilan hisob-kitob qilganlarning oxiratdagi hisob-kitobi osonroq oʻtadi[15].

Nafsing uchun hech maxluq bilan xusumat qilmagin.

— Abu Ali ibn Dahhoq[16]

Nafsini tiymagan kishiga ilmi foyda bermaydi[17].

Nafsining yomonligini qaytargan sururini yoʻqotmaydi[18].

Nafs orzu -istaklari cheksizdir. Nafs faqat oʻzini oʻylaydi. Vaholanki, nafs uchun foydali tuyulgan narsa inson va jamiyat uchun zarar keltirishi mumkin. Biz zararli, foydasiz narsalarni tark etishimiz lozim. Bu esa, faqat Islomiyat orqali amalga oshadi. Faqat musulmon kishigina bu ishning uddasidan chiqishi mumkin[19].

— Umar Foruq Saydo al-Jazariy

Nafs va shaytonga muxolafat qilishlik bilan isyon et, ular senga nasihat qiluvchi boʻlib koʻrinsalar ham, hech tinglama[9].

Nafs shunday sifatki, botildan boʻlakka yurmas va solih amallar tarafiga hargiz mayl qilmas[15].

Nega nafsingga boʻlursan tobeʼ,
Nega umringni qilursan zoe?![20]

Bobur

Ozgina tanballikka yoʻl qoʻyilgan joyda nafs sizga hokim boʻla boshlaydi. Inson to oʻlimiga qadar shayton va nafs hujumidan omonda boʻlolmaydi[10].

— Umar Foruq Saydo al-Jazariy

Paygʻambarlar va ularning vorislari – avliyolar, yaʼni komil inson boʻlganlar bashariyat niqobi bilan oʻralgan quyoshlardir. Ularning himoyasida boʻlki, senga doim yomonlik qiladigan nafsingning qoʻlidan qutulasan[21].

Quruq nondan nariga oʻtgan – nafsniy orzularni hozirlagandir[22].

Taniqli doʻstlarimiz havoyi nafsga moslashib yashalgan hayotni „toʻngʻiz hayoti“ deb atardilar va shunday hayot kechiruvchilarga „Bizdan nariroq tur, ey toʻngʻiz!“ derdilar. Agar bundan ham xunukroq bir kalima topilsaydi, shubhasiz, ularga oʻsha soʻzni laqab qilib taqardilar[10].

Tinch boʻlay desang, nafsing xohishiga qarama-qarshi ish qil.

Oʻz nafsini faromush qilgan Allohni yod qilgan boʻlur[24].

Oʻz nafsini magʻlub etolgan marddir,
Gʻiybatlardan uzoq ketolgan marddir[25].

Oʻz nafsingga hokim boʻlmasang, uni oʻz hukmingda tutasan. Aks holda undan gʻolib chiqib, ushlab tura olmaysan[11].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Tursun 2006, s. 86.
  2. Tursun 2006, s. 44.
  3. Tursun 2006, s. 73.
  4. Tursun 2006, s. 84.
  5. Tursun 2006, s. 85.
  6. 6,0 6,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  7. Tursun 2006, s. 74.
  8. Tursun 2006, s. 91.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 92.
  10. 10,0 10,1 10,2 Tursun 2006, s. 88.
  11. 11,0 11,1 Tursun 2006, s. 77.
  12. Tursun 2006, s. 10.
  13. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 159.
  14. Tursun 2006, s. 53.
  15. 15,0 15,1 Tursun 2006, s. 52.
  16. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  17. Tursun 2006, s. 93.
  18. Tursun 2006, s. 94.
  19. Tursun 2006, ss. 92–93.
  20. Tursun 2006, s. 75.
  21. Tursun 2006, s. 130.
  22. Tursun 2006, s. 72.
  23. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.
  24. Tursun 2006, s. 89.
  25. Tursun 2006, s. 186.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.