Yomonlik
Qardosh loyihalar
Yomonlik , yovuzlik — yomon, salbiy xislatlarga ega boʻlishlik; yomon, yaramas ishlar qilish; qabihlik.
Birovga sogʻinsa har kim yomonlik, Nihoyat ul oʻzi topmas omonlik.
— Firdavsiy
Biz – insonlar xuddi yaxshilikka undamaslik va yomonlikdan qaytarmaslik toʻgʻrisida bir-birimiz bilan kelishib olganga oʻxshaymiz. Bu ketishda boshimizga qanday azoblar tushajagini koshki bilsaydik.
— Molik ibn Dinor
Yovuzlikdan ezgulikni ajratadigan kishi emas, balki ikki yovuzlikning yengilrogʻini farqlay biladigan kishigina aqllidir.
— Al-Xoriziy
Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni . Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5 .
Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari . Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.