Hayo
| Hayo | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Hayo – axloqshunoslik tushunchasi. Muhim axloqiy meʼyor, ayni paytda xulqiy goʻzallikning asosiy belgilaridan biri. Hayo uyat hissi bilan oʻxshash boʻlsa-da, aslida andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon boʻladi, u nafosat bilan uygʻunlashib ketadi.
A
[tahrirlash]Agar oradan sharm-u hayo koʻtarilsa va kishi kishidan uyalmasa, olam nizomiga xalal yetadi[1].
B
[tahrirlash]Bandaning oʻz-oʻzini kam tanib, oʻz-oʻzini kam anglaganining alomati undagi hayo va Allohdan qoʻrquvning kamligidir[2].
E
[tahrirlash]F
[tahrirlash]H
[tahrirlash]Har bir aql egasi sharm-u hayo yoʻlida mustahkam turishni oʻz hayoti ravnaqining sababi qilib olsa, zamonaning kattakichigi uning huzuriga va suhbatiga xaridor boʻladilar, odamlarning muhabbati unga nisbatan kundan-kunga oshaveradi, hurmat niholi esa doʻstlar bahorining tarbiyasi bilan maqbullik bogʻida nashʼu namo topaveradi. Ehtirom bogʻining gullari hamisha koʻz shamolining zararidan tanazzulga yuz tutmaydi[2].
Hayo ikki xil boʻladi: siz bilan odamlar orasidagi hayo, Alloh bilan sizning orangizdagi hayo. Odamlar bilan sizning orangizdagi hayo qarash halol boʻlmagan narsalardan koʻzingizni toʻsishingizdir. Siz bilan Alloh oʻrtasidagi hayo Allohning neʼmatlarini bilmogʻingiz va soʻngra Unga gunoh qilishdan uyalishingizdir[3].
Hayo — insonning abadiy goʻzalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga oʻxshaydi[1].
Hayo kishilarni yomon yoʻldan qaytaruvchi va yaxshilik sari undovchidir. Kimning hayosi boʻlmasa, uning uyati boʻlmaydi. Barcha qabih ishlarni qilishdan ham qaytmaydi. Kishida hayo boʻlsa, nafs uning ustidan hokim boʻlolmaydi va oʻz yoʻliga sololmaydi[4][5].
K
[tahrirlash]Kim farzandini kichikligidayoq hayosizlikka oʻrgatsa, ularni katta boʻlishgach, hayoga oʻrgata olmaydi.
M
[tahrirlash]Y
[tahrirlash]Yolgʻonligi avvaldan maʼlum gapni haqiqat deyishdan ham ortiq hayosizlik yoʻq[8].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Tursun 2006, s. 160.
- ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 163.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Tursun 2006, s. 161.
- ↑ 4,0 4,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Tursun 2006, s. 162.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Tursun 2006, s. 159.
- ↑ Tursun 2006, s. 122.
- ↑ Tursun 2006, s. 146.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.