Kontent qismiga oʻtish

Hayot

Vikiiqtibosdan olingan
Hayot

Qardosh loyihalar

Hayot — metabolizm, oʻsish, koʻpayish bilan xarakterlanuvchi materiya holatidir. Hayot holatdagi jismlar hayot shakllari yoki organizmlar, deyiladi. Koʻp hayot shakllari atrof-muhitga oʻzlarining ichki jarayonlarini oʻzgartirib moslasha oladi. Hayotning fizik xarakteristikasi teskari entropiyadir.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Allohning nazdida havoyi nafsga berilib yashalgan hayotning hech qanday qiymati yoʻqdir. U oʻz doʻstlarining bunday hayot kechirishlariga aslo rozi boʻlmaydi. Bunday yashash Allohning nazarida benihoya tuban va benihoya xorlikdir[1].

Baxtli hayot mavjud emas, faqatgina baxtli kunlar mavjuddir.

Hayot — bu oʻtgan kunlar emas, balki esda qolgan kunlardir.

Hayot eng yaxshi murabbiydir.

Hayot harakatni talab etadi.

Arastu

Hayot katta hazil boʻlmasa kerak, deb umid qilaman, chunki men uni tushunmadim.

Hayot katta planda qaraganda tragediya, uzoqdan qaraganda komediyadir[3].

Life is a tragedy when seen in close-up, but a comedy in long-shot.

Charlie Chaplin, The Guardian gazetasidagi marhumga bagʻishlangan maqolada qayd etilgan. (1977-yil 28-dekabr)

Hayot maʼnosi uning tamom boʻlishidadir.

Hayotni har kim bilganicha idrok etadi[4].

Hayot yashash uchun arzirlimi yoki yoʻqligi haqidagi savol falsafaning fundamental muammolaridan biridir.

Hayotning barcha xilma-xilligi, barcha jozibasi, barcha goʻzalligi soya va yorugʻlikdan iborat[5].

Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat[6].

Insonlar „hayot nima?“ degan savolga javob izlab, faylasuflik qiladilar. Bu savolga eng toʻgʻri javobni zax lahad va sovuq qabrtoshlari javob bermaydilarmi? Hayot, donolar taʼkid etganlaridek, beshik va tobut orasidagi tor bir yoʻlak emasmi?[7].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asari, Yettinchi gurung: „Nafsim mening balodir…“, 228-bet.

Kelinglar, shunday yashaylikki, hayotimiz tugaganida hatto goʻrkov ham xafa boʻlsin.

Kim hayot eshigini oʻlchov, meʼyor kalitisiz ocharkan, maxluqlar qatoridan joy oladi[8].

Koʻzingizni hayotda kattaroq ochingki, oʻlayotib xotirjam yumasiz[9].

Murabbiysi boʻlmagan odamni hayot oʻzi tarbiyalab qoʻyadi.

Yoʻl chiroyli boʻlsa, u qayoqqa olib boradi, deb soʻramaylik.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 50.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 4.
  3. Rahmat BOBOJON tarjimasi: „Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar“. Oyina.uz (28-yanvar 2025-yil).
  4. Tursun 2006, s. 116.
  5. „Lev Tolstoyning „Anna Karenina“ romanidan iqtiboslar“. jadid.uz (4-fevral 2025-yil). Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
  6. „Anvar Obidjon“. hikmatlar.uz. Qaraldi: 5-mart 2025-yil.
  7. Malik 2019, s. 228.
  8. Tursun 2006, s. 94.
  9. Tursun 2006, s. 75.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 5.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5. 

Havolalar

[tahrirlash]


Falsafa
Borliq Voqelik
HayotOʻlim Boqiylik
YaxshilikYomonlik
Jon Oʻzlik
Bilish Fakt Nazariya Aksioma Gipoteza