Kontent qismiga oʻtish

Arastu

Vikiiqtibosdan olingan
Arastu

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi mil. avv. 384
Stageira
Vafoti mil. avv. 322
Chalcis
Qardosh loyihalar

Arastu yoki Aristotle (talaffuzi: Aristotel; miloddan avvalgi 384/383; miloddan avvalgi 322/321) – qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Aleksandr Makedonskiy ustozi boʻlgan. Fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Arastu shunday yozadi: „Izzat tilasang iffatli boʻl, ulugʻlik tilasang muloyim boʻl, zafar tilasang adolat yoʻlini tut, qadr tilasang rostgoʻy boʻl, najot tilasang sabr qil, ilm oʻrganmoqchi boʻlsang jiddu jahd qil“[1].
  • Bu hayotda koʻp mehnat qilgan kishilargina muvaffaqiyatli boʻla oladilar: masalan, kim koʻp qurilishda ishlasa u yaxshi quruvchi boʻladi, kim arfani koʻp chalsa u yaxshi musiqachi boʻladi. Shunday tarzda, odilona harakatlanib biz adolatli inson boʻlamiz. Qiladigan ishlarimizni boshqarish orqali tartibli boʻlamiz, jasorat etadigan ishlarni qilib esa, kuchli inson boʻlamiz[2].
  • Nodon oʻziga oʻzi dushman boʻladi, shunday boʻlgach, u oʻzgaga qanday doʻst boʻlsin![3].
  • Olijanoblik qanday boʻlishini bilish uchun emas, balki yaxshi inson boʻlish maqsadida fikr yuritishimiz lozim[4].
  •  

Rostlik yoʻlida oʻlish yolgʻonchi boʻlib uzoq yashashdan afzal![5].

  • Tabiat inson qoʻliga qurol — intelektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy eʼtiqodi, jinsiy va did instinktlari pastkash boʻlgan odam eng nopok va vaxshiy kimsaga aylanib qoladi[6].
  • Ulugʻlikka erishmoq gʻoyatda qiyin, ammo xorlik va zabunlikka tushib qolish juda oson. Odamlarning aybini qidirib yurgan kishi ulugʻlik darajasiga erisholmaydi![7]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Robin Sharma. Eng sara asarlari, Oʻlsang kim yigʻlaydi?, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet. 
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 63.
  4. Voronsov 1989, s. 28.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.
  6. Voronsov 1989, s. 27.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 129.

Adabiyotlar

[tahrirlash]

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: