Kontent qismiga oʻtish

Muvaffaqiyat

Vikiiqtibosdan olingan
Muvaffaqiyat

Qardosh loyihalar

Muvaffaqiyat — biror ishda erishilgan natija, yaxshi natija; yutuq, gʻalaba.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat oʻz foydasini oʻylaydiganlar esa magʻlubiyatga uchrayveradi.

— Brayan Treysi

Buyuk muvaffaqiyatlar qatʼiyat va qunt-matonatning natijasi, xolos.

— Semyuel Jonson

Eng muhimi — muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish. Juda oddiy boʻlishiga qaramay, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sinoati shu. Ajoyib-gʻaroyib gʻoyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda shu ish bilan shugʻullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keyingi hafta emas, hoziroq ishga kirishish kerak.

— Nolan Bushnell

Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz koʻz oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz koʻzdan nari ketishi bilan muvaffaqiyat ham ketadi.

— Bernard Shou

Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yoʻqlaydi.

— Javoharlaʼl Neru

Muvaffaqiyat uchun reja tuzmayotgan boʻlsangiz, unda, shubhasiz, muvaffaqiyatsizlikni rejalayotgan boʻlasiz.

— Rouz Toun[1]

Muvaffaqiyatga erishishning asosiy kaliti diqqatni jamlashdir. Energiyani bir nuqtaga jamlash va oʻngga ham, chapga ham ogʻishmay shu nuqtaga eʼtibor qaratish zarur.

— Uilyam Masyus[2]

Odam mashgʻulot zallarida chempion boʻlmaydi. Chempion boʻlish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va oʻz gʻalabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi.

— Muhammad Ali

Yotgan joyida muvaffaqiyatga erishadigan birgina jonzot bor — tovuq.

— Xalq iborasi[1]

Oʻz ishidan nafratlangan biror insonning muvaffaqiyatga erishganini koʻrganmisiz, taniysizmi? Men tanimayman. Muvaffaqiyat sirlaridan biri — qilayotgan ish bilan sevgan narsalaringiz orasidagi mustahkam bogʻliqlikni shakllantirishdir.

— Antoniy Robbins[1]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  2. Brayan Treysi. Samaradorlikning 21 yoʻli. Toshkent: Asaxiy books, 2020 — 92-bet.