Jasorat
| Jasorat | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Jasorat (arabcha: جسارت — mardlik, qoʻrqmaslik; shijoat) — qahramonlik, mardlik, botirlik, dovyuraklik.
A
[tahrirlash]Azizim, jang oni va urush soatlarida bahodir kishi faqat shuhrat haqida oʻylamasligi, hayotim va mol-mulkim hech narsa emas, deb oʻzi uchun oʻzi hukm chiqarishi zarur. Jang paytida arzimas narsalar haqida oʻylashdan koʻra yengish haqida oʻylash afzal.
Bayt:
Nomusdan afzalroq boʻlsa agar bosh,
Sallamas chimmatni yopingin, ey yosh![1]
D
[tahrirlash]Dovyuraklik boshqa yaxshi fazilatlarning oʻsishi uchun albatta zarur. Axir mard boʻlmay turib, adolat izlash yoki muhabbatni ardoqlab asrash mumkinmi?[2]
Dunyodagi koʻplab qobiliyatli insonlar kichik jasoratsizlik sababli yoʻqolib ketishadi[3].
O
[tahrirlash]Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qoʻrqmaydi. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi odamlarning eng qoʻrqogʻidir[4].
T
[tahrirlash]Tajribakor oqil kishi dushman nomini shamshirning oʻtkir tigʻi bilan hayot sahifasidan oʻchirmaguncha osoyishtalik kelishini tinchlik yoʻli bilan qucholmaydi. Mard kishi xasm qadahini zafar toshi bilan sindirmaguncha murod sharobini noʻsh etolmaydi!
Bayt:
Dushman zararidan boʻlarsan omon
Mozorga chiroq yoqilgan zamon![5]
Y
[tahrirlash]Yashash uchun xotirjamlik va muvaffaqiyat uchun jasoratingiz boʻlsin. Oʻlishni hamma ham eplay oladi[3].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 81.
- ↑ Tursun 2006, s. 107.
- ↑ 3,0 3,1 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 117.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 53.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.