Mark Twain
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Mark Twain | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
30-noyabr 1835 Florida |
| Vafoti |
21-aprel 1910 Redding |
| Qardosh loyihalar | |
Mark Twain (talaffuzi: „Mark Tven“; taxallusi; asl ismi: Samuel Langhorne Clemens (talaffuzi: „Semyuel Lengxorn Klemens“); 1835-yil 30-noyabr — 1910-yil 21-aprel) — buyuk amerikalik yozuvchi, satirachi, jurnalist va maʼruzachi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Bu hayotda sizga kerak boʻlgan narsa — johillik va ishonch; shunda muvaffaqiyat shubhasizdir.[manba kerak]
- Hayotingizdagi eng muhim ikki kun — bu siz tugʻilgan kuningiz va nima uchun ekanligini bilib olgan kuningiz.[manba kerak]
- Hech qachon ahmoqlar bilan bahslashmang va ularning darajasiga tushmang, agar ularning darajasiga tushsangiz ular oʻz ahmoqlik tajribalari bilan sizni yanchib tashlaydilar.[manba kerak]
- Men taraqqiyotni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman, faqat u olib keladigan oʻzgarishlarni uncha xushlamayman[1].
- Oldinga borishning siri — boshlashdir.[manba kerak]
- Yosh pessimistning xoʻrsinishidan ham qaygʻuliroq manzara yoʻq, keksa optimistning ohidan tashqari.[manba kerak]
- Oʻzingizga nisbatan ishonch hissiyotiga putur yetkazmoqchi boʻlganlardan qoching. Bu mayda odamlarga xos xususiyat. Buyuk odam, aksincha, sizning ham buyuk boʻlishingiz mumkinligiga koʻnglingizda ishonch tugʻdiradi[2].
- Oʻz koʻnlingni koʻtarishning eng yaxshi yoʻli — kimningdir koʻnglini koʻtarishdir[3].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Charlz Uilan. Yalangʻoch iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi. Toshkent: „Asaxiy Books“ loyihasi, „Nihol“ nashriyoti, 2023 — 540-bet. ISBN 978-9943-23-222-8.
- ↑ Voronsov 1989, ss. 39–40.
- ↑ Voronsov 1989, s. 40.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.