Hasad
| Hasad | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Hasad (arabcha: حَسَد — rashk; koʻrolmaslik, qizgʻanish) — kimsaga xos, unga tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni koʻrolmaslik, xush koʻrmaslik his-tuygʻusi.
A
[tahrirlash]B
[tahrirlash]Badanning sozligi hasadning ozligidan[1].
D
[tahrirlash]Dunyo ishlaridan birortasida oʻzgaga hasad qilmadim. Chunki u zot jannat ahllaridan boʻlsa, uning jannat neʼmatlari oldida juda haqir boʻlib qoladigan dunyosining nimasiga hasad qilaman? Agar u kimsa doʻzaxiylardan boʻlsa, uning doʻzaxga kirishiga sabab boʻladigan dunyosining nimasiga hasad qilay?[2].
E
[tahrirlash]Ey aziz farzand! Baxillik va hasad illatiga dilingda aslo joy bermaganki, hasad davlating uyini vayron qilsa, baxillik izzat chamanini payhon qiladi:
Kimki hasad oʻtin yoqsa jahonda,
Bu oʻt uning oʻzin quymas omonda![4]
Ey odam bolasi, nega birodaringga hasad qilasan? Agar Alloh suyganligi sababli u bandaga neʼmat ato qilgan boʻlsa, sen Alloh suygan bandaga qanday hasad qilasan? Agar uning mol-davlat topishiga boshqa sabab boʻlsa (yaʼni, harom yoʻllar bilan topgan boʻlsa), oqibatda doʻzaxga eltuvchi boʻlgan mol-davlatning nimasiga hasad qilasan?[2]
Ey oʻgʻilginam, hasaddan saqlangin. Chunki u dushmaningga yetmasdan, sening oʻzingga bilinadi[5].
H
[tahrirlash]Hammani rozi qilishim mumkin, faqat neʼmatga hasad qilguvchini rozi qila olmayman. Chunki uni faqatgina neʼmatning ketishi rozi qiladi[2].
Hasad balosi ulkan fasodlar paydo qilur. Chunki hasad bagʻoyat jirkanch xislatdir[6].
Hasad barcha xislat, nuqsondan yomon,
Hasad ahli barcha yomondan yomon![2]
Hasad, boshqalarning rohatini koʻrolmaslik – hamma sifatlarning pastrogʻidir. Hasad himmat pastligi va koʻngil xastaligidan hosil boʻladi[7].
Hasaddan zararliroq narsa yoʻq. U hasad qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi: gʻami tugamaydi, musibat oladi-yu unga ajr kelmaydi, yomonlikni olib keladi, Alloh taolo unga gʻazab qiladi, uning uchun tavfiq eshiklari yopiladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga emas, hasadgoʻyning oʻziga yetadi[8].
Hasad qiluvchi boʻlma, shunda Allohning hikmatlarini tez ilgʻaysan[9].
Hasad qiluvchilar uchun rohat yoʻqdir... Xiyonatchida fikr yoʻq, yomon xulqli kishida boshliqlik yoʻq[10].
Hasadchi kishi Xudoning davlatidan baxildur[11].
Hasadchining moli oʻziga nasib etmaydi[1].
K
[tahrirlash]M
[tahrirlash]Men hasadgoʻydan koʻra mazlumga oʻxshaganroq zolimni koʻrmadim. Chunki u sening oldindagi neʼmatni oʻziga nisbatan zulm deb hisoblayveradi[2].
U
[tahrirlash]Unutmangki, hasaddan idrok ham kasod boʻladi[7].
X
[tahrirlash]Xuddi qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani kabi oliyjanob va himmatli odamning goʻshtini hasad ahli yeydi[10].
Oʻ
[tahrirlash]Oʻzingda hasad hissini qoʻzgʻatmagil. Zero, keyin undan xalos boʻlishing amri maholdir. Uni davolab boʻlmaydi[6].
Ch
[tahrirlash]Chetlab oʻtgin hasadgoʻyni koʻrsang gar,
Nayzasiki uning boʻlmas bezahar[7].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 164.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Tursun 2006, s. 186.
- ↑ Tursun 2006, ss. 184–185.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 163.
- ↑ Tursun 2006, s. 188.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Tursun 2006, s. 185.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Tursun 2006, s. 187.
- ↑ Tursun 2006, ss. 188–189.
- ↑ 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 190.
- ↑ 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 189.
- ↑ Tursun 2006, s. 191.
- ↑ Tursun 2006, s. 131.
- ↑ Tursun 2006, s. 155.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.