Ayb
| Ayb | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Ayb – jamoat tartib qoidalari va axloq normalariga xilof nojoʻya hatti-harakat.
A
[tahrirlash]Ayblardan xoli boʻlmoqlikka intilish ulugʻvorlik belgisidir[2].
Aybni eʼtirof etish aqlli kishining ishi.
Aybsiz qiz qidirgan yorsiz qoladi.
B
[tahrirlash]Bilmagan ayb emas, soʻramagan ayb.
Bir olim aytadi: „Eng yovuz va yaramas odam shunday odamki, oʻzgalarning aybini topishga intiladi, gap tashib, doʻstlarni bir-biridan judo qiladi“[4].
K
[tahrirlash]Kim oʻzining aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi boʻlmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalangʻoch boʻlsa, unga hech kim parda tutolmaydi. Kim Allohning bergan rizqiga rozi boʻlsa, boshqalarning qoʻlidagi narsaga xafa boʻlmaydi. Kim zulm qilichini sugʻursa, shu qilich bilan qoʻli kesiladi. Kim birodariga choh qazisa, unga oʻzi tushadi. Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, oʻzining avrati ochiladi. Kim oʻz xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta ishlarga kirishsa va oʻziga xatarli yoʻl topsa, halok boʻladi[7].
Koʻzgumga berardim kechqurun sayqal,
Boqdim unga tiniq boʻlgan bir mahal.
Shuncha koʻp koʻrindi oʻz aybimki, men,
Oʻzgalar aybini unutdim tugal.
M
[tahrirlash]S
[tahrirlash]Soʻnggi davr olimlaridan boʻlgan bir hakim shunday degan edi: „Inson uchun eng qabih hisoblangan toʻrtta ayb bor. Ulardan birinchisi mansabdorning sergʻazabligi, ikkinchisi — olimning yolgʻonchiligi, uchinchisi — davlatmandning xasisligi, toʻrtinchisi — xotinning fohishaligi!“[4].
Oʻ
[tahrirlash]Oʻz aybini koʻrmagan oʻzga aybni qidirar[12].
Oʻzining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini soʻzlamasdi ham[14].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 43.
- ↑ Tursun 2006, s. 67.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 56.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 190.
- ↑ Tursun 2006, s. 136.
- ↑ Tursun 2006, s. 169.
- ↑ Tursun 2006, s. 129.
- ↑ Tursun 2006, s. 62.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 98.
- ↑ Tursun 2006, s. 59.
- ↑ Tursun 2006, s. 142.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 191.
- ↑ Tursun 2006, s. 135.
- ↑ Tursun 2006, s. 144.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.