Gʻazab
| Gʻazab | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Gʻazab — kuchli darajada achchiqlanish hissi; qahr, jahl.
A
[tahrirlash]Aqldek xazina yoʻq, jahldek faqirlik yoʻq, odobday meros yoʻq, mashvaratdek yordamchi yoʻq[4].
Aqllilik ikki narsadan iborat: gʻazab kelganda oʻzini bosishdan va birovdan kuchli boʻlganda uni kechirishdan.
Azizim, badjahl kishilar bilan doʻst va hamsuhbat boʻlmaginki, ularning ahdi boʻsh va vafo binosi zaif boʻladi. Ular muruvvat yuzini jafo tirnogʻi bilan tirnaydilar, mardonalik chashmasini nomardlik tuprogʻi bilan loyqalaydilar. Ularning nazarida doʻstlikning hurmatiyu, eski ulfatchilikning qadru-qiymati boʻlmaydi.
Bayt:
Xizmat haqin bilmaydigan kimsalarning xizmatin,
Qilma aslo koʻrmaysan na hurmatu, na maqtov![6]
Azizim, gʻazab otini sabot jilovi bilan qaysarlik yoʻlidan qaytar! Har qanday shubha zimistonini aql nuri bilan ravshan et! Shunda sen nadomat va pushaymonlik domiga mubtalo boʻlmaysan!
Birov gunoh qilsa, boʻlsang dargʻazab,
Jazo bermay turib uyla yaxshilab!
Badaxshon laʼlini sindirish oson,
Biroq asli kabi boʻlmaydi yamab.
Qilinmagan ishni qilsa boʻladi,
Qilgach, nadomatdan sud yoʻq, ne ajab![3]
Azizim, gʻazab shaytoniy olovning shuʼlasidir. U shunday bir daraxtki, mevasi pushaymonlikdan iborat. Shuning uchun tajribali kishilar gʻazab otashini soʻndirishga uringanlar, jahl luqmasini esa ichlariga yutishga harakat qilganlar![7]
E
[tahrirlash]H
[tahrirlash]Haddan ortiq gʻazab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obroʻni ketkazadi[8].
Haddan oshgan gʻazab qoʻrquv tugʻdirar, meʼyorsiz erkalash olomon koʻz oʻngida obroʻyingni toʻkur[8].
Halimlik gʻazab oʻtini oʻchiradi, qoʻpollik esa uni alangalatadi[9].
J
[tahrirlash]K
[tahrirlash]Q
[tahrirlash]Qilich va nayza bilan hosil boʻlmagan koʻp ishlar yumshoqlik, muloyimlik bilan hosil boʻladi. Gʻazab keltirgan zarar gʻazablangan kishining oʻziga qaytar[12].
S
[tahrirlash]U
[tahrirlash]Urush — botirni, jahl — dononi, yoʻqchilik — doʻstni sinaydi[14].
Gʻ
[tahrirlash]Gʻazabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir[8].
Gʻazab, takabburlik va nojoʻya harakat odamga alam va pushaymonlik keltiradi[12].
Gʻazab oʻti oldin egasini yondiradi, keyin uchquni dushmanlariga yo yetadi, yo yetmaydi[8].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 67.
- ↑ Tursun 2006, s. 81.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 207.
- ↑ Tursun 2006, s. 67.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 62.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 46.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 208.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 Tursun 2006, s. 189.
- ↑ Tursun 2006, s. 191.
- ↑ Tursun 2006, s. 185.
- ↑ Tursun 2006, s. 85.
- ↑ 12,0 12,1 Tursun 2006, s. 190.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 59.
- ↑ Tursun 2006, s. 165.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.