Ahmoqlik
| Ahmoqlik | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Ahmoqlik – ahmoqona xatti-harakat, nojoʻya ish; shunday xususiyatga egalik.
A
[tahrirlash]Ahmoq amaldan tez qulaydi.
Ahmoqning yuragi ogʻzida, aqlli odamning tili esa yuragida boʻladi.
Ahmoq odamdan achchiqlanmoq oʻlik ustida ashula aytmoq bilan teng.
Ahmoqqa salom bersang, mendan qoʻrqyapti deb oʻylaydi.
Ahmoq gʻazablansa, shayton unga akalik qiladi.
B
[tahrirlash]H
[tahrirlash]Hakimlar odamning ahmogʻini tashqaridan kuzatib bilib oladilar. Ahmoq kishi koʻngliga nima kelsa oqibatini oʻylamay qilaveradi. Tajribakor va aqlli odamlarning gapiga quloq solmaydi. Aqlsiz odamlar nima desa, ularga rozi boʻladi, oʻziga bino qoʻyadi. Kimki uni maqtasa, oʻsha kishini yaxshi koʻradi. Soʻralgan narsaga oʻylamay javob beraveradi. Har bir ishda shoshqaloqlikka yoʻl qoʻyadi. Ilmdan xoli, xatoga esa kon boʻladi. Boyib qolsa yoki birovga hojati tushmaydigan boʻlib qolsa hech kimni mensimay, magʻrurlanib yuradi. Soʻkinib gapiradi. Birov savol bersa javob bergisi kelmaydi. Savolga qoʻpollik bilan javob beradi. Oʻzi soʻramoqchi boʻlsa yalinib soʻraydi. Kulsa qah-qah urib kuladi, yigʻlasa undan oʻtkazadi[1].
Oʻ
[tahrirlash]Oʻziga oʻzi maftun boʻlish ahmoqlikdir.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 66.
- ↑ 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 65.
- ↑ Tursun 2006, s. 104.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 67.
- ↑ Tursun 2006, s. 64.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.