Kontent qismiga oʻtish

Dushman

Vikiiqtibosdan olingan
Dushman

Qardosh loyihalar

Dushman (forscha: دُشْمَن‎) — dunyoqarashi, manfaatlari, xatti-harakati bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan, oʻzaro gʻanim, raqib sifatidagi tomonlarning har biri.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Azizim, dushmanning uzrnamo soʻzlarini eshitib, gʻurur otiga minmaginki, u qanchalik tamalluq qilmasin, yalinib yolbormasin, baribir uning soʻzlari makru hiyladan xoli boʻlmaydi. Adovat niholi uning siynasida barqaror ekan, bu niholning mevasi zarardan oʻzga narsa boʻlmaydi.
Bayt:
Dushmanga ishonmoq samarasi gʻam,
Gʻaflat tuxmin eggan tortajak alam![1]

Azizim, sen dushman soʻzlariga darhol ishonib qoʻya qolma, uning soʻzlari hiyla va aldovdan iborat boʻlib, u oʻz maqsadiga erishish uchun oʻzini nihoyatda muloyim qilib koʻrsatadi. Ichki olamini tashqi olami bilan boʻyab koʻrsatadi. Seni gʻaflatda koʻrgach, tadbir oʻqini maqsad nishoniga uradi. U paytda chora-tadbir koʻrish fursati utgan boʻlib, hasrat va nadomat yordam bermaydi![2]

Bitta dushmaning — koʻp, doʻstlaring minglab boʻlsa ham — oz[3].

Dushman agar doʻstlik lofini ursa,
Aql sohiblari sanamas hech doʻst.
Ilon ilonlikcha qoladi doim,
Teri oʻzgartirib, tashlasa-da poʻst![2]

Dushman bilan hamsuhbat boʻlganingda ham oʻzingni undan baland tutma![4]

Dushmandan soʻng bir kun boʻlsa ham yashamoq maqsadga yetmoq bilan teng.

Dushmanga boʻyin egish oʻlimdir.

Dushmanga qarshi hiyla ishlatmasang, dushman hiylasidan oʻlasan.

Dushman ham uch xil boʻladi: dushman, doʻstingning dushmani, dushmanning doʻsti[6].

Dushmani koʻpning rohati kam boʻladi.

Dushman ishi avval hiyla-yu nayrang,
Soʻng hujum boshlaydi, qiladi garang.
Bu selning yoʻllari toʻsilmasa gar,
Yuzlanar behisob fitna-yu zarar.
Fitna yoʻlin bugun toʻsmasang mahkam,
Ertaga koʻchayar boʻlib mustahkam![2]

Dushmaningdan uzoq boʻl![6]

Dushmaning makr aylasa, undan hiyla bilan qutil, agar temirni tuzatmoqchi boʻlsang, temir bosqon bilan ur[6].

Dushman odatda doʻstdan chiqadi[3].

Dushman qasd aylasa yoʻqotmoq uchun,
Oqil boʻlsang jiddu-jahd ayla tamom.
Maqsad hosil boʻlsa baxtga yetarsan,
Aksi boʻlsa, maʼzur tutarlar mudom![2]

Dushman soʻzlariga ishonsa kishi,
Pushaymon tortishdir oqibat ishi![1]

Dushman yuziga kulib boq.

Dushmanning koʻpligi ogʻir xastalikdan ham xavfli.

Doʻstga ham, dushmanga ham yaxshilik qilish yaxshidir. Agar doʻstingga yomonlik qilsang, u senga dushman, dushmaningga yaxshilik qilsang, u senga doʻst boʻladi[7].

Doʻstlar fikridin va dushmanlar makridin beparvoligʻ joiz ermas va bu ish nadomatdin oʻzga natija bermas[8].

Gohi kulib boqsa, gohi tund inson,
Undan uzoq yurgan maʼqul har qachon![5]

Har qancha yaxshilik koʻrsatilganda ham, dushman qoʻlidan dushmanlikdan boʻlak ish kelmaydi[9].

Kimki aybsiz doʻst axtarsa — doʻsti kamayadi. Kimki doʻstini xatosi uchun itobga olsa — dushmani koʻpayadi[3].

Kimki dushmandan qilmadi hazar,
Oqibat undan koʻradi zarar[10].

Kimning doʻst va kimning dushmanligi ogʻir kunlarda bilinadi[5].

Kishi dushmanidan qutulmagunicha erkin nafas ololmaydi[9].

Mingta odamni oʻzingga doʻst qilaman deb, bitta odamni dushmanga aylantirma, chunki doʻst mingta boʻlsa oz, dushman bitta boʻlsa koʻpdir.

Oqil kishilar doʻst bilan dushmanni, dushman bilan doʻstni almashtirmaydilar[12].

Otangni dushmani senga hech vaqt doʻst boʻlmaydi.

Toʻrt narsa borki ozi ham koʻp: olov, dushmanlik, faqirlik, xastalik[8].

Toʻzgan paxta boʻz boʻlmas, qadimiy yov doʻst boʻlmas[1].

Ziyon yetkazmaydigan dushman, yaxshilik qilmaydigan doʻstdan afzal[2].

Gʻanim soʻziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu — chinakam haq yoʻldir[8].

Oʻz yovin parvarish qilgan odam xom,
Jahonda chiqarar axmoq degan nom[9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 50.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 52.
  3. 3,0 3,1 3,2 Tursun 2006, s. 166.
  4. Tursun 2006, s. 173.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 53.
  6. 6,0 6,1 6,2 Tursun 2006, s. 168.
  7. Tursun 2006, s. 164.
  8. 8,0 8,1 8,2 Tursun 2006, s. 165.
  9. 9,0 9,1 9,2 Tursun 2006, s. 169.
  10. Tursun 2006, s. 170.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 127.
  12. Tursun 2006, s. 172.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]