Doʻstlik – ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha. Oʻzaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar oʻrtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi.
Dunyo safosi bilan, do‘st vafosi bilan go‘zal, o‘z do‘stining aybini ochib yurgan kishi razil kishidir. Yomon odamga yo‘ldosh bo‘lgandan ko‘ra, o‘tda kuygan yaxshi.
Hakimlarning aytishlaricha, har kim badavlatlik paytida doʻstlariga yordam qoʻlini choʻzmasa, bechoralik paytida hech kim unga ham qoʻlini choʻzmaydi. Soʻradilar: „Doʻst kim?“ Javob berdi: „Ogʻir kunlarda qoʻllagan kishi!“