Kontent qismiga oʻtish

Odob

Vikiiqtibosdan olingan
Odob
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolar

Odob (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) yoki adab — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi.



  •  

Aql bilan odob, jism bilan jon.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Aqli koʻp boʻlib, oʻzi odobsiz boʻlgan kishi ovga qurolsiz chiqqan kishiga oʻxshaydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Aqlli kishi odob qoidalarini mukammal oʻrganishga intiladi. Aqlsiz kishi esa odobga amal qilmaslikka intiladi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Azizim, lof urma nasl-u nasabdan,
Nasabdan kechgilu, lof ur adabdan!

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Bir kecha mehrobda oʻtirgan joyimda oyoqlarimni choʻzdim. Shunda nomaʼlum tovush qulogʻimga shivirladi: „Podshohlar bilan hamsuhbat odam husni odobli boʻlmogʻi zarur“[5].

  Abu Yazid Bastomiy
  •  

Ilm va odob tagi yoʻq xazina. Kimki unga ega boʻlsa, qadr-u qiymati biland boʻladi.

  Otalar soʻzi[6]
  •  

Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulogʻidir.

  Otalar soʻzi[7]
  •  

Kishida odob boʻlsa, ilm ham boʻlishi lozim. Odob aqlga bogʻliq narsa. Aql ustiga odob ham qoʻshilsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Ulugʻlik aql-u odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi[8]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan

  Qayum Nosiriy
  •  

Odob ahli bilan hamsuhbat boʻlish — gullar hidini ufurayotgan tong nasimidan ham shirin.

  Otalar soʻzi[8]
  •  

Odobli odam tabibga oʻxshaydi, u bilan suhbatlashish koʻngildagi gʻamni quvadi.

  Otalar soʻzi[9]
  •  

Odobsizlik ota-ona uyini xarob qiladi.

  Otalar soʻzi[10]
  •  

Ota-onasi oʻlgan odamni emas, odob-axloqi boʻlmagan odamni yetim de.

  Otalar soʻzi[11]
  •  

Sababsiz kulgi — beodoblik belgisi.

  Otalar soʻzi[10]
  •  

Sharaf nasl-u nasab bilan emas, fazl-u adab bilan topiladi.

  Otalar soʻzi[12]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 33.
  5. Tursun 2006, s. 56.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 16.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
  8. 8,0 8,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 2.
  9. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 3.
  10. 10,0 10,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 6.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 129.

Adabiyotlar

[tahrirlash]