Bilim
| Bilim | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi.
A
[tahrirlash]B
[tahrirlash]Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr — mingni[2].
Bilim, hunar, ezgu qiliq va yo xulqni
Kishi oʻrganadi, soʻng yoʻriq tuziladi.
Kishi zulmat bosgan qorongʻu uy kabidir,
Oʻquv-idrok bir mashʼaldirki, uni yoritadi.
Koʻrgin, turli yaxshiliklar oʻquv-idrokdan keladi,
Kishi bilim tufayli ulgʻayadi, mashhur boʻladi[4].
Bilimni buyuk, oʻquvni ulugʻ bil,
Bu ikkisi tanlangan bandasini ulugʻlaydi.
Zakovat qayerda boʻlsa, ulugʻlik boʻladi,
Bilim kimda boʻlsa buyuklik oladi[6].
Bilimsiz, shubhasiz, aniq koʻrdir,
Kel, ey nodon, bilimdan hissa ol[6].
I
[tahrirlash]Insonni xalq bilan bilimdan boshqa hech nima bogʻlay olmaydi. Kimki gunohlarga botgan boʻlsa, ulardan faqat bilim orqali forigʻ boʻlishi mumkin[7].
K
[tahrirlash]Kimki bilimga erishib, uning mazasini totib koʻrgan boʻlsa, bu narsani u podshohlik va davlatni boshqarish huzur-halovatiga almashtirmaydi[1].
Kishi oʻzining nimani bilmayotganini bilishi bilganlarining eng muhimidir[9].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 12.
- ↑ Tursun 2006, s. 6.
- ↑ Tursun 2006, s. 11.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 18.
- ↑ Tursun 2006, s. 7.
- ↑ 6,0 6,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 10.
- ↑ Tursun 2006, s. 19.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
- ↑ Tursun 2006, s. 63.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.