Kontent qismiga oʻtish

Odob

Vikiiqtibosdan olingan
(Adabdan yoʻnaltirildi)
Odob
Qardosh loyihalar

Odob (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) yoki adab — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Adab — irfon ilmi ichradur shamʼ[1].

Adab kichik yoshdagilarni ulugʻlar duosiga sazovor etadi va u bu barakotdan umrbod bahramand boʻladi[1].

Adabli boʻlinglar, chunki u muhtoj paytingizda mol boʻladi, istigʻno vaqtingizda husn-jamol[2].

Adabli boʻlmoq faqirlarga yoʻlanmakdir. Adabli boʻlmoq dunyodorlarga ziynat va oroyish bagʻishlaydi[3].

Aql bilan odob, jism bilan jon.

Aqldek xazina yoʻq, jahldek faqirlik yoʻq, odobday meros yoʻq, mashvaratdek yordamchi yoʻq[5].

Aqli koʻp boʻlib, oʻzi odobsiz boʻlgan kishi ovga qurolsiz chiqqan kishiga oʻxshaydi.

Aqlli kishi odob qoidalarini mukammal oʻrganishga intiladi. Aqlsiz kishi esa odobga amal qilmaslikka intiladi.

Azizim, lof urma nasl-u nasabdan,
Nasabdan kechgilu, lof ur adabdan!

Bir kecha mehrobda oʻtirgan joyimda oyoqlarimni choʻzdim. Shunda nomaʼlum tovush qulogʻimga shivirladi: „Podshohlar bilan hamsuhbat odam husni odobli boʻlmogʻi zarur“[9].

Elga sharaf kelmadi johu nasab,
Lek sharaf keldi hayo-u adab[10].

Ilm va odob tagi yoʻq xazina. Kimki unga ega boʻlsa, qadr-u qiymati biland boʻladi.

Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulogʻidir.

Kishida odob boʻlsa, ilm ham boʻlishi lozim. Odob aqlga bogʻliq narsa. Aql ustiga odob ham qoʻshilsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Ulugʻlik aql-u odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi[13].

Qayum Nosiriy, „Favoqih al-julaso“ asaridan

Ming xil odobni ishqdan oʻqir jon,
Ularni maktabdan topolmas inson[14].

Odob ahli bilan hamsuhbat boʻlish — gullar hidini ufurayotgan tong nasimidan ham shirin[13].

Odob — faqirlarga suyanchiq, boylar uchun ziynatdir[15].

Odobli odam tabibga oʻxshaydi, u bilan suhbatlashish koʻngildagi gʻamni quvadi[16].

Odobning boshi — til[17].

Odobsizlik ota-ona uyini xarob qiladi[18].

Ota-onasi oʻlgan odamni emas, odob-axloqi boʻlmagan odamni yetim de[19].

Sababsiz kulgi — beodoblik belgisi.

Sharaf nasl-u nasab bilan emas, fazl-u adab bilan topiladi.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 137.
  2. Tursun 2006, s. 134.
  3. Tursun 2006, s. 132.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
  5. Tursun 2006, s. 67.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 33.
  9. Tursun 2006, s. 56.
  10. Tursun 2006, s. 161.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 16.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
  13. 13,0 13,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 2.
  14. Tursun 2006, s. 180.
  15. Tursun 2006, s. 95.
  16. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 3.
  17. Tursun 2006, s. 145.
  18. 18,0 18,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 6.
  19. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.
  20. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 129.

Adabiyotlar

[tahrirlash]

Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet.  Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]