Kontent qismiga oʻtish

Mardlik

Vikiiqtibosdan olingan
Mardlik
Qardosh loyihalar

Mardlik — er kishiga xos ijobiy fazilatlarga ega, aytganining ustidan chiqadigan, tanti, hotam.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Azizim, qiyinchilikka chidash mard kishilarning ishi. Sherning hunari kurash. Mard kishilarning qoʻli qiyinchilikka tegmasa, zaif kishilar farogʻat boʻstonidan gul terolmaydilar. Chunonchi, aytadilar:
Diyoringda hech kim topmas farogʻat,
Faqat oʻzing uchun izlasang rohat![1].

Dema: mingni jangda qirib tashlayin,
Qani, bittaga jon beru mard deyin[2].

Koʻplar molin berib, mardlik qiladi,
Koʻplar jonin berib, mardlik qiladi[3].

Mard bilan ulfat boʻlgan mardlikka yetadi, nomardga yaqin yurgan kishi gʻamdan boshi chiqmaydi[4].

Mardlik kuchda va shamshir oʻynatish sanʼatida emas, mardlik oʻzni tuta bilishda va adolatli boʻlishdadir[2].

Mard odamning vaʼdasi ham naqd, ham tez boʻladi[4].

Razilona yashagandan mardona oʻlgan yaxshi.

Saxiy, mardlar yozsa dasturxon,
Hatto itga tegar ustixon[6].

Soʻralmasidan bergan haqiqiy saxiy odam, qasos olishga qodir boʻlaturib, avf etgan haqiqiy mard odam[6].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 193.
  2. ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 109.
  3. ↑ Tursun 2006, s. 108.
  4. ↑ 4,0 4,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 80.
  5. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 82.
  6. ↑ 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 96.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.