Marina Svetayeva
Qiyofa
Marina Svetayeva | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Marina Ivanovna Svetayeva (ruscha: Марина Ивановна Цветаева; 1892-yil 26-sentyabr — 1941-yil 31-avgust) — rus shoirasi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Ahamiyatsiz voqealar boʻlmaydi, faqat ahamiyatsiz odamlar boʻladi[1].
B
[tahrirlash]- Baʼzan xonangdagi sukut momaqaldiroqdek gumburlaydi[1].
- Baʼzi ayollarning na doʻsti, na oshiqlari boʻladi. Ularning doʻstlari tezda oshiqqa, oshiqlari esa doʻstga aylanishadi[1].
- Bizning hayotimiz uch qismga boʻlingan: muhabbatni his qilish, muhabbatni yashash va muhabbatni xotirlash[1].
- Bugun xayolimda shunday fikr charx uryapti: agar oʻsmirlik – bahor, yoshlik – yoz, oʻrta yosh – kuz, keksalik – qish boʻlsa, xoʻsh, unda bolalik nima? Menimcha, bolalik bir vaqtning oʻzida ham bahor, ham yoz, ham kuz, ham qishdir[1].
D
[tahrirlash]E
[tahrirlash]- Eskini yangilash kambagʻallarning, yangisini eskirtirish esa boylarning anʼanasi[1].
F
[tahrirlash]- Faqat senga yot boʻlganiga duch kelasan, yaqiniga esa koʻngil qoʻyasan[1].
H
[tahrirlash]- Halol ayol halol ayolni yoqtirmaydi[1].
- Har bir oʻqigan kitobing hayoting bir qismini oʻz ichiga oladi. Qanchalik koʻp oʻqisang, shunchalik yashashni xohlamay qolasan odam[1].
- Hayot bilan muloqotdagi muhim narsa – uning savollari emas, bizning javoblarimizdir[1].
- Hayotdagi oʻrnimni yaxshi bilaman. U aniq oxirgisi emas, chunki hech qachon navbatda turmaganman[1].
I
[tahrirlash]- Insonlar bilan hech kelisholmayman. Chunki, ular menga ruhimni yoxud sukunatni tinglashimga hamisha toʻsqinlik qilishadi[1].
M
[tahrirlash]- Menga nuqtai nazar emas, nazarning oʻzi yetarli[1].
- Men oʻzimga yaqin olgan odamlarimgagina qattiqqoʻlman[1].
- Muhabbat juda gʻalati tuygʻu. U ochlik bilan oziqlanib, toʻqlik tufayli vafot etadi[1].
- Muhabbat — qashshoqlik va tish ogʻrigʻidan boshqa hamma narsani yengoladi[1].
O
[tahrirlash]Q
[tahrirlash]- Qahqahang ham baʼzida ichingdagi iztirobni yashira olmaydi[1].
R
[tahrirlash]U
[tahrirlash]- “U chiday-chiday sevardi...” Bu iborani yoqtiraman, biroq teskarisiga.
V
[tahrirlash]- Vujud – ruhning panohidir. Shuning uchun uni toʻgʻri kelgan joyga sarflash notoʻgʻri[1].
Y
[tahrirlash]- Yolgʻon gapirganimda oʻzimdan emas, meni bunga majbur qilgan odamdan nafratlanaman[1].