Maslahat
| Maslahat | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Maslahat — biror ishni qanday qilish yoki umuman nima qilish kerakligi haqida yoʻl-yoʻriq tarzidagi fikr, mulohaza.
A
[tahrirlash]Aqlli odam avval maslahatlashib, soʻng ishga qoʻl uradi. Ahmoq esa avval ishga qoʻl urib, keyin maslahatlashadi.
Azizim, mashvarat, yaʼni maslahat bu – aqlli kishilarning kengashi. Oqil kishilar qayerda boʻlishmasin, bir muhim masalani hal qilishga kirishsalar, mushkul narsalar ham oqibatda yaxshi natija bilan tugaydi. Bu soʻzga maʼnolar gavharining xazinasi boʻlmish mavlaviy Jaloliddin Rumiyning soʻzlari guvohdir:
Mushkul hodisani koʻrsa xiradmand,
Bu mushkuldan qoʻli boʻlib qolsa band.
Oʻz aqliga oʻzga aqlin qilar yer!
Aql hal qilmoqqa boʻlar madadkor!
Yolgʻiz shamdan xona boʻlmasa ravshan,
Boshqa shamlar yonar bu shamdan![3]
B
[tahrirlash]Bir hakim shunday deydi:
— Doʻsting bergan maslahat tufayli ish tutsang-u, biroq natija yomon boʻlib chiqsa, sen doʻstingni malomat qilma, unga: „Sen aytgandek qilaman deb, ishim chappasidan ketdi, nega ham senga maslahat soldim-a!“ demagin. Chunki yana ish yuzasidan nochor unga maslahat solsang, maslahati toʻgʻri boʻlsa-da, oqibati yomon boʻlishidan qoʻrqib, senga aytmaydi[5].
D
[tahrirlash]Doimo parhezkor boʻlmoq va hamisha kishilar bilan maslahatlashmoq kerak[6].
H
[tahrirlash]Hakimlar aytadilar:
— Aqlli kishi bilan maslahatlashsang, uning aqli senga ham yuqadi, undan koʻp narsani oʻrganasan. Kishi oʻz aqliga suyanib ish qilganda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin[3].
Hakimlar aytadilar:
— Biror ish haqida maslahatlashmoqchi boʻlsang, bitta oqil kishi bilan maslahatlash, koʻpchilikka aytilgan maslahatli ish nuqsondan xoli boʻlmaydi. Bir arab olimi: „Aqldan ulkan boylik, nodonlikdan katta baxtsizlik va maslahatdan kuchli suyanchiq yoʻq!“ degan edi[3].
Hakimlar aytadilarki, aql sohibi boʻlgan kishi yetti xil kishi bilan kengashmaydi: ular nodon, hasadchi, riyokor, qoʻrqoq, molparast va hoyu-havasga berilgan kishilardir. Chunki nodon kishi befahmligi tufayli xato va yaramas maslahat beradi. Dushman esa seni halok boʻlishingni oʻylab, maslahat beradi. Hasadchi esa qoʻlingdagi mol-u mulkingni sovurilishini istaydi. Riyoli kishi esa seni qanday qilib boʻlsa-da, sen nimani xohlayotgan boʻlsang, oʻshani qilaverishga undaydi. Molparastning fikri-zikri mol yigʻish boʻlgani uchun bergan maslahati orqali biror narsa undirib olishga urinadi. Hoyu-havasga intilgan nafs bandasi esa oʻzining nuqsonli aqli bilan kishini toʻgʻri fikrdan chetlatadi[7].
Hakimlarning aytishicha, odam oʻldirgan, xotinlar atrofida koʻp aylanadigan, qoʻrqoq va yuraksiz kishilar bilan maslahatlashish noravodir[3].
Har bir ishda lozim maslahat qilish,
Maslahatsiz aslo hal boʻlmaydi ish!
I
[tahrirlash]M
[tahrirlash]Maslahat shoshmaslik bilan, ish esa surʼat bilan boʻladi.
O
[tahrirlash]Olimlardan Ahnaf aytadi: „Ochning qornini toʻydirmay turib, tashnaning chanqogʻini bostirmay turib, asir kishini ozod qilmay turib, kambagʻalning hojatini chiqarmay turib, biror ish yuzasidan maslahat-u mashvarat qilma!“[7]
S
[tahrirlash]Sinalmagan kishidan maslahat soʻrama!
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 56.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 154.
- ↑ Tursun 2006, s. 59.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 153.
- ↑ Tursun 2006, s. 47.
- ↑ 7,0 7,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 155.
- ↑ Tursun 2006, s. 48.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.