Kontent qismiga oʻtish

Nabi Jaloliddin

Vikiiqtibosdan olingan
Nabi Jaloliddin

Umumiy maʼlumotlar
Qardosh loyihalar

Nabi Jaloliddin (2-may 1962-yil; Andijon viloyati, Izboskan tumani, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi, jurnalist, shoir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Shuningdek, “Shuhrat” medali sohibi (2020). Tarjimon oʻlaroq Albert Camusning “Kaligula” pyesasi va Vasiliy Shukshinning “Men sizga erk bergani keldim” romanini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Choʻlpon haqidagi “Tegirmon” hamda Umar Xayyomga bagʻishlangan “Oraliq (Xayyom)” romani oʻquvchilari orasida mashhur.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Adabiyot — najot. Nega? Chunki u oʻz mazmun-mohiyati, soʻzdan iboratligi bilan insoniyatning Tangriga iltijosi, tazarrusiga oʻxshaydi.
    Tavba-tazarru esa ishonchli najotdir.
  • Aslida yozging kelsa-yu yozolmasang — bu haqiqiy yozuvchining koʻyi.
  • Bu dunyo baxt ishlab chiqaruvchi korxona emas.
  • Bu olamda birgina haqiqat bor — bu hayotning oʻzi. Qolgan narsalar uning unsurlaridir.
  • Buyuk yozuvchilar buyuk yolgʻizlardir.
    Tafakkur bilan yashaguvchi inson borki, yolgʻizlikka mahkum. Chunki dunyoning, hayotning mohiyatini anglab borgani sari odamlardan ajrala boshlaydi.
  • Eng avvalo, adabiyot har qanday xalqning maʼnaviy va tafakkuriy salohiyatini belgilaydi. Adabiyoti buyuk xalq chindan ham buyuk va qudratlidir. Boshqa barcha sanʼatlar adabiyot tevaragida, uning asosida shakllanadi, rivojlanadi.
  • Eng qiyini — biron narsaga oʻzingni ishontirish.
    Eng yomoni — aldanish.
  • Har bir davr yozuvchisi, shoiri Soʻz(lar)ning yangi jilvalarini kashf etishi kerak. Agar kashf etmas ekan, til boyimaydi. Shuning uchun yozuvchining zimmasida ulkan masʼuliyat turadi. Axir, tilsiz millat ham yoʻq.
  • Inson hech qachon mutlaq adolatli boʻlolmaydi. Mutlaq adolat Xudoda. Odam hamisha biryoqlamalikka mahkum.
  • Kitob — vaqt mundarijasi.
  • Men oʻzimni avval ayab, “yaxshi koʻrib” tahrir qilardim. Har bir voqea, soʻz oʻyini “qadrdon” tuyulardi. Keyin “shafqatsizlashdim”. Buni Erkin Aʼzamdan oʻrgandim.
  • Sevimli boʻlmoq uchun sevish kerak.
  • Yirik asar uchun toʻqima obraz juda zarur. Ayniqsa, tarixiy asarda. U bosh qahramonning obrazini toʻlaqonli chizib berishda asqatadi. Faqat toʻqima obrazlarni unga munosib qilib yarata olish kerak.
  • Yozuvchi hammani boshqaradi, dunyoni boshqaradi — xuddi qahramonlari kabi. Shuning uchun ham uni hurmat qilish kerak.
  • Zoʻrmisan, hukm aytishni raqibingga ber!
  • Oʻzbek tanqidchilari yulduzlarga oʻxshashadi — faqat tunda koʻrinishadi. Yana kulib boqqanlargagina jimirlaydilar.

Manbalar

[tahrirlash]