Kontent qismiga oʻtish

Nodira

Vikiiqtibosdan olingan
Nodira
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim; 1792-yil, Andijon – 1842-yil, Qoʻqon) – oʻzbek shoirasi, maʼrifatparvari va davlat arbobi. „Komila“ va „Maknuna“ taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan.



  • Alarki muddai norasou dundurlar,
    Mudom ahli xirad onda zabundirlar[1].
  • Badxohlar hamisha olamda xor boʻlgʻay,
    Har kimki boʻlsa dushman xoru zor boʻlgʻay.
    Adl aylabon karam qil, shudir xudo rizosi[1].
  • Dono har diyorda azizu mukarramdir,
    Nodon aziz boʻlgan diyorga laʼnatlar boʻlsun[1].
  • Dunyo chamanining bulbulisen,
    Gul shoxida oshyon etib ket[1].
  • Elning aybini zohir etmogʻligʻ,
    Yoʻqdir insof ila muruvvatdin[1].
  • Jahon oʻzboshimchalari maydonda obroʻ qozonolmaydi.
    Ittifoqla birikkan barmoqlar qilichning ishini qilar[1].
  • Maqsad na edi jahona kelding,
    Kayfiyatini bayon etib ket[1].
  • Moyili zulm etma koʻzing turqini,
    Yoʻqsa qilur mardum uyini xarob[1].
  • Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
    Gar odamsen, muhabbat ixtiyor et[1].
  • Olam elida vafo topilmas,
    Bu gavhar erur jahonda noyob[1].
  • Yor aylasa yeri birla iftor,
    Yoʻq roʻzada mundin oʻzga davlat[1].
  • Yorning vasli emas ozorsiz,
    Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
    Tan buzuldi emdi rohat qolmadi,
    Soya paydo boʻlmagʻay devorsiz[1].
  • Oʻshalkim eldi aybini yoshursa,
    Xudo ul bandani magʻfur tutqay[1].
  • Shoh uldurki, raiyatga tarahhum qilsa,
    Yoʻq esa qoidai amnu amon barcha abas[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.