Kontent qismiga oʻtish

Nur borki, soya bor

Vikiiqtibosdan olingan

Nur borki, soya bor – Oʻtkir Hoshimovning asari.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Sevikli odaming sen bilan oʻpishayotganida yuzini oʻgirib, koʻzini olib qochdimi, bilki – koʻnglida yo xiyonat bor, yo adovat.
  • Soyalar borgan sayin koʻzga xunuk koʻrinyaptimi, bilingki nur koʻpayib boryapti. Nur qancha koʻpaysa soya shuncha kamayadi. Ammo oʻz-oʻzidanmas
  • Hozirgi yoshlar tramvayda pista chaqishga uyaladi-yu, oʻpishishga uyalmaydi. Nahot muhabbat pista chaqishdan arzon boʻlsa?!
  • Har qanday dardning eng yaxshi davosi – vaqt deydilar. Lekin shunday dardlar boʻladiki, vaqt-bevaqt yangilanib, usti koʻchgan yaradek achchiq-achchiq azob berib turadi.
  • Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini oʻzi yoʻqolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.