Olim
| Olim | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Olim (ilm soʻzidan) atamasi bilan keng maʼnoda tizimli ravishda bilim yigʻuvchi shaxs nomlanadi. Ayollar uchun olima soʻzi ishlatiladi. Tor maʼnoda esa olim, deb ilmiy uslubdan foydalanuvchi shaxsga aytiladi. Olim fanning bir yoki bir necha sohasida mutaxassis boʻlishi mumkin. Ushbu maqolada atamaning tor maʼnoda qoʻllanishi yoritiladi. Olimlar tabiatni fizik, matematik va ijtimoiy jihatlardan chuqurroq tushunish uchun tadqiqotlar olib borishadi.
A
[tahrirlash]B
[tahrirlash]E
[tahrirlash]Ey oʻgʻlim, sen olimlar bilan oʻtir. Ularning orasiga kir, chunki Alloh taolo yerni osmon suvi bilan tiriltirgani kabi qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi[3].
H
[tahrirlash]Haqiqiy olim shunday kishiki, uning soʻzi, oʻyi, fikri va ishi bir xil boʻladi.
I
[tahrirlash]Ilm koʻtarilmasidan uni oʻrganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli koʻtariladi. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, Alloh yoʻlida shahid boʻlgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat darajalarni koʻrib: „Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa“, deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim boʻlib tugʻilmaydi. Ilm oʻrganish, taʼlim olish bilan egallanadi[3].
K
[tahrirlash]Kishi agar bir ilmni oʻrganib, soʻng boshqa ilmlarga yuzlansa-da, ulardan nimani bilmasligini tushunsa, ana oʻshanda olim boʻladi[7].
Kunduzlari roʻzador, kechalari qoyim (bedor) boʻlgan mingta obidning oʻlimi halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning oʻlimidan yengilroqdir[9].
O
[tahrirlash]Olimlarning jazosi – qalblarining oʻlganidir. Qalbning oʻlishi esa ilmi va uxroviy amallari boʻla turib, dunyoviy niyatlar ketida yurganidir[11].
Olimlar yulduzlarga oʻxshaydi. Agar koʻrinib tursa, odamlar ular bilan yoʻl topishadi. Agar koʻzdan yoʻqolib, zulmatda qolsalar, qayoqqa yurishni bilmay hayron qolishadi[12].
Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari roʻzador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, islomda bir yoriq paydo boʻladi. U yoriqni faqat olimning oʻrinbosarigina toʻldiradi[10].
Olim koʻr boʻlsa ham dunyoni koʻradi. Johil sogʻ boʻlsa ham uzoqni koʻrmaydi. Odamning eng yomoni nodon boʻlib, foyda keltirmaganidir.
Olimlar bilan oʻtirsang foyda olasan, chunki gul yonida oʻtirgan odamga gul hidi urib qoladi.
Olimning ado etilishi lozim boʻlgan haqlari bor. Unga koʻp savol bermaslik, javobiga eʼtiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zoʻrlamaslik, oʻrnidan turishga qoʻymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida biror kishini gʻiybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa, uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat koʻrsatish, oldida oʻtirib olmaslik, biror ehtiyoji boʻlsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir[13].
Olimning xatosi — johilning bilimidan zararliroq[14].
Olimning yomonligi kemaning sinishiga oʻxshaydi. Chunki kema sinsa ham oʻzi choʻkadi, ham oʻzgalarni choʻktiradi.
Olim qachonki oʻzining barcha his-ehtiroslarining ustidan hokim boʻlolsa, shundagina uni olim deyish mumkin.
Omining adashgani – oʻzining adashgani, olimning adashgani – olamning adashgan[15].
S
[tahrirlash]Sen olim, yo oʻrganuvchi yoki unga quloq tutuvchi boʻl. Lekin toʻrtinchisi boʻlmagilki, halokatga yuz tutasan[3].
U
[tahrirlash]Uch toifa odamlardan yiroq boʻldim: gʻofil olimlardan, laganbardor qorilardan va johil soʻfiylardan[16].
Oʻ
[tahrirlash]Ch
[tahrirlash]Chin olim hiyladin uzoqdir, uzoq,
Nurning oʻz soyasi boʻlmaydi hech choq[17].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 160.
- ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 10.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Tursun 2006, s. 15.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 14.
- ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 9.
- ↑ Tursun 2006, s. 8.
- ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 17.
- ↑ Tursun 2006, s. 107.
- ↑ Tursun 2006, s. 16.
- ↑ 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 14.
- ↑ Tursun 2006, ss. 10–11.
- ↑ Tursun 2006, s. 18.
- ↑ Tursun 2006, s. 7.
- ↑ Tursun 2006, s. 20.
- ↑ Tursun 2006, s. 19.
- ↑ Tursun 2006, s. 68.
- ↑ Tursun 2006, s. 58.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.