Kontent qismiga oʻtish

Paul Krugman

Vikiiqtibosdan olingan
Paul Krugman
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar


Paul Krugman (talaffuzi: „Pol Krugman“; 1953-yil 28-fevral, AQSH) — ameriakalik iqtisodchi, iqtisod boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Agar uchinchi dunyo mamlakatida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olsangiz, bu mahsulotni, Gʻarb standartlari boʻyicha qaralganda, juda kam maosh oladigan va, katta ehtimol bilan, ogʻir sharoitlarda ishlaydigan ishchilar ishlab chiqargan boʻladi. Umrida, hech boʻlmaganda, bir zum shu haqda oʻylab, iztirob chekmagan odamda rahm-shavqat yoʻq. Ammo bu namoyishchilarning haq ekanini isbotlamaydi. Aksincha, dunyodagi qashshoqlik muammosini xalqaro savdoga qarshi chiqish bilan hal qilish mumkin, deb oʻylaydigan kishining yo kallasi yoʻq, yoki kallasi bor-u, lekin uni ishlatmaslikni afzal koʻradi. Globallashuvga qarshi harakat u himoya qilmoqchi boʻlgan odamlarga katta zarar yetkazganiga misollar talay[1]. — Krugman, „Hearts and Heads.“

  •  

Aytishim mumkinki, globallashuv jarayoni insonlarning bir-biriga nisbatan saxiyligi tufayli emas, balki hamma oʻz manfaatini koʻzlagani uchun ham yuz bermoqda va bu jarayon davlatlarga har qanday xorijiy yordam (yaxshi niyatdagi hukumatlar va xalqaro tashkilotlar)dan koʻra koʻproq foyda keltirdi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Charlz Uilan. Yalangʻoch iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi. Toshkent: „Asaxiy Books“ loyihasi, „Nihol“ nashriyoti, 2023 — 540-bet. ISBN 978-9943-23-222-8.