Kontent qismiga oʻtish

Qiyinchilik

Vikiiqtibosdan olingan
Qiyinchilik
Qardosh loyihalar

Qiyinchilik, riyozat, qiyinlik — umuman, qiynalish, qiynoq keltiradigan (tugʻdiradigan) holat.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aqlli odam shunday odamki, qiyin vaziyatda osongina qutulib ketadi. Dono shunday odamki, qiyin vaziyatga aslo tushmaydi.

Azizim, har kim biror ishning talabida qadam qoʻysa, bu ishning qiyinchiliklariga chidashi kerak. Maqsad kaʼbasi sari yoʻlga chiqqan odam, zahmat sahrosidan choʻchimasligi lozim[2].

Azizim, kishi gʻanimga mubtalo boʻlsa, to undan qutulmaguncha kechani-kunduzdan, kunduzni esa kechadan ajrata olmaydi. Chunonchi aytadilarki, bemor tuzalib ketmaguncha yemish neʼmatidan bahra topolmaydi, mard kishi oʻz dushmanlaridan qutulmaguncha xotirjam nafas ololmaydi.
Bayt:
Botir boʻl, maydonning sohibi – botir,
Tulki dadil boʻlsa sherni qulotir![3]

Bu foniy dunyoda hech narsa abadiy emas, hatto qiyinchiliklar ham oʻtkinchi[4].

Birinchi boʻlib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir[5].

Riyozat qilichlarini sugʻurib, nafsing bilan mujodala qil. Riyozat toʻrt yoʻl bilan boʻladi: oz yemoq, oz uxlamoq, oz gaplashmoq, barcha jonlidan kelgan iztiroblarga chidamoq[6].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 57.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 218.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 53.
  4. Rahmat BOBOJON tarjimasi: „Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar“. Oyina.uz (28-yanvar 2025-yil).
  5. Tursun 2006, s. 52.
  6. Tursun 2006, s. 87.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.