Kontent qismiga oʻtish

Sabr

Vikiiqtibosdan olingan
Sabr

Qardosh loyihalar

Sabr (arabcha: ‎ — chidam, bardosh, iroda, qatiyat) — 1) Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat qilish; oʻzini tiyish; 2) Gʻam-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish, bardosh berish.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Allohdan oʻzga qodir yoʻq, Rasulullohdan oʻzga dalil yoʻq, taqvodan oʻzga oziqa yoʻq, sabrdan oʻzga amal yoʻq[1].

„Axloq“ kitobida keltirilishicha, har kim hodisalar yomgʻiri ostida oʻzini sabr qalqoni bilan himoya etsa, maqsad oʻqi tezdagina murod nishoniga borib tegadi. Chunki sabr shodlik kalitidir. Bu kalitsiz hech qanday maqsad eshigi ochilmaydi[2].

Azizim, barcha ishda ham shoshqaloqlik qilmaginki, shoshqaloqlikning zararlari nihoyasiz va sabr qilishning manfaati chegarasizdir. Chunonchi aytadilar:
Maqsad xazinasin kaliti sabr![2]

Bilingki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi[3].

Bir hakimdan: „Koʻrkam xulqli kishi kim?“ deb soʻradilar. U esa: „Yomon xulqiga sabr qilgan kishi!“ deb javob berdi.
Bayt:
Oliy himmat bilan pokiza koʻngil,
Kishini yetkazar baxtu kamolga.
Har kimning dilida boʻlsa badfeʼllik,
Umrini sovurar bir kun shamolga![4]

Fanning ibtidosi — aql, aqlning ibtidosi esa — sabr-toqat[5].

Har sabrning oxiri zafar,
Har achchiqning ketidan shakar[6].

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi oʻn xislatdan iboratdir: saxovat va hayo, rostgoʻylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr[7].

Oqil inson topganiga sabr etar,
Soʻng oʻzining nafsiga ul qahr etar!
Ablah odam ablahi shunday odam,
Doimo nafs kuyida oʻrgay qadam![8]

Ogʻirchilikda sabr qilish – eng ulugʻ neʼmat[9].

Sabr bilan ishlar bitar, shoshqaloqlik boshga yetar[9].

Sabr goʻzaldir, u insonlar shikoyat qila olmaydigan yagona narsadir[10].

Sabrli odam uzoq yashaydi.

Sabr ikki xil boʻladi: yomon koʻrilgan narsaga chidamoqlik va yaxshi narsani eshitishga sabr etmoqlik[12].

Sabri koʻpning doʻsti koʻp.

Sabrning avvali achchiq, oxiri esa shirin![13]

Sabr qilinglar, chunki sabr etish – iymondan. Xuddi bosh jasadda boʻlganidek, sabr ham iymonda boʻladi[14].

Sabr — shikoyatlarni tark etishlikdir[15].

Sabr shuldirki, banda oʻz ixtiyorini Allohga tashlaydi, har turli balo kelsa, xushlik va rizolik bilan qabul qiladi[16].

Sabr shunday kuchli bir narsadirki, gʻazabni shijoatga, shiddatni halimlikka, kattalikni tavozeʼga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar[13].

Yomon kunda sabr qilgan kishi yaxshi kunga tez yetadi[11].

Yana qarang

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 57.
  2. 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 203.
  3. Tursun 2006, s. 91.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 92.
  5. Tursun 2006, s. 62.
  6. Tursun 2006, s. 90.
  7. Tursun 2006, s. 122.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 158.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 88.
  10. Tursun 2006, s. 140.
  11. 11,0 11,1 11,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 137.
  12. Tursun 2006, s. 129.
  13. 13,0 13,1 Tursun 2006, s. 87.
  14. Tursun 2006, s. 31.
  15. Tursun 2006, s. 95.
  16. Tursun 2006, s. 53.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.