Saxovat
| Saxovat | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Saxovat (arabcha: — qoʻli ochiqlik, oliyhimmatlik, saxovatlilik) — baland himmatlilik, saxiylik.
B
[tahrirlash]Baxil boʻlma, ey saxovatli kishi,
Saxovatli degan mangu qoladi, oʻlmaydi[1].
Bilgilki, saxovat maqtovga loyiq feʼldir. U insonga sayqal beruvchi bezakdir. Saxiylikning natijasi yaxshi nomlilik, ezgulik beruvchi bezakdir. Saxiylikning natijasi doʻstlarning koʻpayishidir. Odamzod uchun saxovatdan yaxshiroq va azizroq yoqimli sifat yoʻq!
Bayt:
Kimda gar saxiylik odati yoʻqdir,
Yaxshilik kutmoqning hojati yoʻqdir[2].
Bir hakimdan: „Kishining barcha hunarlarini yoʻqqa chiqaradigan narsa nima?“ deb soʻradilar. U esa: „Baxillikdir!“ deb javob berdi. Yana undan: „Kishining barcha ayblarini bekitadigan narsa nima?“ deb soʻradilar. U esa: „Saxiylikdir!“ deb javob berdi[2].
Bir-ikki soʻ bugʻdoydan ovqat tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir[3].
Boyliging boʻlganda tanglik qilmagin,
Yoʻling ochiq boʻlsa, langlik qilmagin![2]
H
[tahrirlash]Har narsaga qarshi turish mumkin, lekin saxovatga qarshi turib boʻlmaydi[4].
I
[tahrirlash]Inson qanchalik dono va saxovatli boʻlsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik koʻproq payqaydi[4].
M
[tahrirlash]O
[tahrirlash]Odamning hayoti uning saxovati bilan teppa-teng[9].
Olimlarning aytishlaricha, odamlar toʻrt toifadan iborat. Ularning birlari ochkoʻzdirlar. Oʻzlari yeb, boshqalarga bermaydilar. Ikkinchilari oʻtaketgan ziqnalar boʻlib, oʻzlari ham yemaydilar, boshqalarga ham bermaydilar. Uchinchi toifa saxiy kishilardirki, ular oʻzlari yeb, boshqalarga ham beradilar. Toʻrtinchisi – oliyhimmat odamlardir, oʻzlari yemay boshqalarga beradilar[10].
S
[tahrirlash]Saxiylik bu – insonning saxovat koʻrsatib, keyin bu haqda unutishidir[11].
Saxovat bilan isrof boshqa boshqa narsa.
Saxovatli boʻlmasang mayli, ammo isrofgar boʻlma.
Saxovatsiz ishi birla gavharsiz sadafning hukmi bir[15].
Y
[tahrirlash]Yaxshilik qilishni biladigan odam emas, birovga yomonlik ravo koʻrmaydigan kishi saxovat egasidir[16].
Oʻ
[tahrirlash]Ch
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 167.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 167.
- ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 100.
- ↑ 4,0 4,1 Voronsov 1989, s. 42.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Tursun 2006, s. 96.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
- ↑ Tursun 2006, s. 103.
- ↑ Tursun 2006, s. 122.
- ↑ Voronsov 1989, s. 41.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Tursun 2006, s. 97.
- ↑ Tursun 2006, s. 99.
- ↑ Voronsov 1989, s. 44.
- ↑ Tursun 2006, s. 104.
- ↑ 14,0 14,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 168.
- ↑ 15,0 15,1 Tursun 2006, s. 98.
- ↑ Voronsov 1989, s. 43.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.