Kontent qismiga oʻtish

Sevgi

Vikiiqtibosdan olingan
Sevgi
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolar
Wikimedia Commonsdagi media fayllari
Wikinewsdagi yangiliklar

Sevgi yoki muhabbat (arabcha: مُحَبَّة‎ — sevgi, ishq; bogʻlanish) — biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi.



  •  

Biror narsaga ortiqcha muhabbat qoʻyish koʻzni koʻr, quloqni kar qiladi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Hurmat sevgi boʻlishi kerak boʻlgan boʻshliqni bekitish uchun ixtiro qilingan[2]. — „Anna Karenina“ asaridan

  Lev Tolstoy
  •  

Ishqsiz kamol boʻlmas ushbu olamda.

  Pahlavon Mahmud[3]
  •  

Muhabbat maslahatsiz paydo boʻladi.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Sevgining koʻzi koʻr.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Sevgi nimaligini bilish uchun xato qilishingiz, soʻngra uni tuzatishingiz lozim[2]. — „Anna Karenina“ asaridan

  Lev Tolstoy
  •  

Sevgi — xudbin istaklarni yoʻq qilmoq, manmanlikni yoqmoq va ishoratlar dengizida nafsni boʻgʻmoqdir[6].

  Ibrohim Havvos

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 85.
  2. 2,0 2,1 „Lev Tolstoyning „Anna Karenina“ romanidan iqtiboslar“. jadid.uz (4-fevral 2025-yil). Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 89.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 84.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 87.
  6. Tursun 2006, s. 51.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.