Kontent qismiga oʻtish

Tafakkur

Vikiiqtibosdan olingan
Tafakkur

Qardosh loyihalar

Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Azizim, uzoqni koʻruvchi aqlni va olamni bezatuvchi tafakkurni har qanday ishda oʻzing uchun odil hokim va komil sinovchi qilib olki, insoniylik sharafining javhari boshqa hayvonlardan aqlining oʻtkirligi bilan ajralib turadi[1].

Badantarbiya mashqi tanani baquvvat qilsa, fikr yuritish mashqi aqlni kuchaytiradi[2].

Bir soatlik tafakkur kechasi bilan qoim turishdan yaxshiroq[3].

Ibrat ilmni, zikr muhabbatni, tafakkur xavfni (Allohdan qoʻrqishni) kuchaytiradi[4].

Ikki narsa foydasiz: hikmatsiz soʻz va tafakkursiz sukut.

Inson uchun xizmat qilmagan tafakkur nihoyatda daxshatlidir[6].

Sofokl

Kimning kalomi hikmat boʻlmasa, u lagʻvdir, kimning sukuti tafakkur boʻlmasa, u sahvdir, kimning nazari ibrat boʻlmasa, u lahvdir (oʻyindir)[4].

Kishining tafakkuri uzaysa – biladi, bilsa – amal qiladi[7].

Sukut saqlagan holda gaplashmoqqa, tafakkur bilan masala hal qilmoqqa yordam talab qilingiz[8].

Tafakkur bilan va bajonidil oʻqilgan ikki rakat namoz butun tun boʻyi istar-istamas oʻqilgan namozdan xayrliroqdir[9].

Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida oʻylash undan qochishga undaydi[3].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
  2. Voronsov 1989, s. 36.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 61.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 60.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 112.
  6. Voronsov 1989, s. 27.
  7. Tursun 2006, s. 65.
  8. Tursun 2006, s. 141.
  9. Tursun 2006, s. 29.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]