Kontent qismiga oʻtish

Taraqqiyot

Vikiiqtibosdan olingan
Taraqqiyot

Qardosh loyihalar

Taraqqiyot — rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yoʻnalgan shakli, uning yuksalishi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Iqtisodchilar asosli ravishda ishonadiki, erkin bozorlar va samarali davlat institutlarining maʼlum bir kombinatsiyasi iqtisodiy taraqqiyot yoʻlida samarali ekani tarixda oʻz tasdigʻini topgan (iqtisodiyotni kleptokratiya nazorat qiladigan totalitar tuzumlardan farqli oʻlaroq). Muammo shundaki, bu kombinatsiyani amalda qanday shakllantirishni, aynan qanday xatti-harakatlar erkin bozor va samarali davlat institutlarini yaratishga yordam berishini bilmaymiz, mavjud maʼlumotlardan foydalangan holda qay tarzda muvaffaqiyatga erishish mumkinligini aniqlay olmaymiz. Boshqacha aytganda, qanday qilib taraqqiyotga erishishni bilmaymiz[1].

William Easterly, „Was Development Assistance a Mistake“, American Economic Review, vol. 97, no. 2 (May 2007)

Men taraqqiyotni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman, faqat u olib keladigan oʻzgarishlarni uncha xushlamayman[1].

Taraqqiyotning chinakam belgisi — boylik yoki taʼlim darajasi emas, shaharning kattaligi emas, hosilning moʻl-koʻlligi ham emas, balki shu oʻlka bagʻrida tarbiya topgan inson qiyofasidir[2].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Charlz Uilan. Yalangʻoch iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi. Toshkent: „Asaxiy Books“ loyihasi, „Nihol“ nashriyoti, 2023 — 540-bet. ISBN 978-9943-23-222-8. 
  2. Voronsov 1989, s. 27.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.