Thomas Edison
Qiyofa
| Thomas Edison | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
11-fevral 1847 Milan |
| Vafoti |
18-oktyabr 1931 West Orange |
| Qardosh loyihalar | |
Thomas Alva Edison (talaffuzi: Tomas Alva Edison)(11-fevral 1847-yil; 18-oktabr 1931-yil) — butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQSHda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega boʻldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi, xavfsiz elektr choʻgʻlanma lampasini yaratdi, dastlabki elektrovozlarga asos soldi, fonografni kashf etdi. Aynan u “Allo”ni taklif etgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Barcha imkoniyatlarimizdan foydalanib maqsadlarni amalga oshira olganimizda, natijalardan hatto oʻzimiz ham hayratga tushgan boʻlardik[1].
- Qoʻrquvini yenggan inson dunyoning qirolidir[2].
- Muvaffaqiyatning bosh sharti jismoniy va aqliy qobiliyatlaringiz yordamida biror muammoni u sizni toliqtirmasdan burun hal qilishdir[3].