Kontent qismiga oʻtish

Tushda kechgan umrlar

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

"Tushda kechgan umrlar" – oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. 1993-yil yozib tugatilgan roman ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida serialashtirilgan. Kitob oʻlaroq 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Yillar oʻtib, odamning qiyofasi, gavdasi, hatto, gapirish ohangi ham oʻzgarib ketishi mumkin. Faqat koʻzi oʻzgarmaydi.
  • Tun – yolgʻizlarni sinash uchun yuborilgan jazo elchisi. Avval koʻzingni koʻr qiladi. Keyin qulogʻingni shangʻillatadi.
  • Odamzot hayotida shunday pallalar boʻladiki, baʼzida ularni hech qachon unutging kelmaydi, baʼzida esa tushingda kechirgandek unutishni xohlaysan.