Kontent qismiga oʻtish

Voltaire

Vikiiqtibosdan olingan
Voltaire

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 21-noyabr 1694
Parij
Vafoti 30-may 1778
Parij
Qardosh loyihalar

François Marie Arouet Voltaire (1694-yil 21-noyabr – 1778-yil 30-may) — fransuz yozuvchisi, faylasuf, tarixchi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Biz bu dunyonin qanday uchratgan boʻlsak, uni shunday bemaʼni va yomon holatda qoldiramiz[1].
  • ... Biz miya yordamida, oyoqlar yordamida yurganimizdek, fikr qilamiz.
  • ... Har qanday yaratilganlik yaratuvchi haqida guvohlik beradi.
  • Kimda oʻz yoshining ruhi boʻlmasa, u ushbu yoshining qaygʻusi bilan yashaydi[1].
  • Melanxoliyaga toʻlib oʻzini oʻldirgan kishi agarda yana bir hafta yashaganida edi, hayotdan ketishni istamasdi.
  • Men shubhalanishnigina bilaman.
  • „Nekbinlik nima?“ — „Evoh, bu — dedi Kandid, — hamma narsa aslida yomon boʻlgan paytda, hamma narsa yaxshi, deb aytish ishtiyoqi“.
  • Vatanga boʻlgan muhabbatim meni xorijiylar yutugʻidan koʻz yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli boʻlsa, vatanimni jahondagi gʻaznalar bilan yanada shunchalik boyitgim keladi[2].
  • Zoʻr — bu yaxshining dushmanidir[3].
  • — Shuningdek, men bilaman, — dedi Kandid, — bogʻingni parvarishi qilishing kerak... — Bahslashmasdan ishlaylik, — dedi Marten, — hayotni chidasa boʻladigan qilishning tanho vositasi shudir.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Serjilo tafakkur durdonalaridan 2003-y, 234-bet
  2. Voronsov 1989, s. 25.
  3. Jeyms Klir 2021, s. 159.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Abdulhafiz Jalolov. Serjilo tafakkur durdonalaridan (Falsafiy hikmatli iboralar va muxtasar fikrlardan namunalar). Toshkent: „Navroʻz“ nashriyoti, 2003 — 320-bet. 
  • Jeyms Klir. Atom odatlar, tarjimon Sarvinoz Qosimova, Toshkent: „Nihol“ nashriyoti, 2021 — 300-bet. ISBN 978-9943-23-194-8. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.