Yolgʻon
| Yolgʻon | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Yolgʻon (yana oʻtruk, oʻtirik) — 1) Haqiqatga zid, notoʻgʻri; haqiqatda boʻlmagan; 2) Haqiqiy emas, soxta, yasama; yolgʻondakam; 3) Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, notoʻgʻri gap, narsa; uydirma.
A
[tahrirlash]Aqllilikning alomati yolgʻon gapirmaslikdir[1].
G
[tahrirlash]Gunoh eldan yashirmoq, jim oʻtirmoq,
Vale undan yomon yolgʻon gapirmoq[2].
H
[tahrirlash]M
[tahrirlash]N
[tahrirlash]Naqd yolgʻon nasiya oshdan yaxshi.
Q
[tahrirlash]Qachonki savdogar kiyimning yaxshi tarafini koʻrsatib, yomon joyini yashirib sotsa, oʻsha — yolgʻonchidir. Shuningdek, molini qorongʻu joyda koʻrsatsa, shu kabi maxsining eng yaxshi poyini koʻrsatib sotsa, u — firibgardir[6].
Y
[tahrirlash]Yolgʻon beviqor qilur odamni,
Yolgʻon sharmisor qilur odamni[3].
Yolgʻonligi avvaldan maʼlum gapni haqiqat deyishdan ham ortiq hayosizlik yoʻq[8].
Yolgʻon soʻzlash, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik kishining obroʻsini yoʻqotadi. Vafodorlik, sabr qilishlik, shoshma-shosharlikdan parhez qilish va tavozeʼ obroʻsini koʻtaradi[9].
Yolgʻonchi boʻlib yashagandan, umr surmagan yaxshi[10].
Yolgʻonchi kishining oʻlikdan farqi yoʻq. Chunki tirik kishining fazilati uning nutqidadir. Tirik kishi yolgʻon soʻzlayvergani uchun, uning soʻzlariga hech kim quloq solmay qoʻygach, uning endi oʻlikdan farqi yoʻq[5].
Yolgʻonchilik barcha gunohlarning boshidir. Yolgʻonchi oʻz orzusiga yetishish uchun yolgʻondan iborat soʻzlarni toʻqiydi, uni rost deb isbotlash uchun qasamlar ichadi. Qasam bilan yolgʻonni yopmoqchi boʻladi. Biror kishi uning yolgʻonchiligini oshkor qilsa uni oʻziga dushman hisoblaydi. Natijada ikki orada adovat va jang sodir boʻladi. Bu jang esa koʻp kishilarga zarar keltiradi[12].
Yolgʻonchining doʻsti ham yolgʻonchi[5].
Yolgʻonchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat-obroʻni barbod qiladi[14].
Yolgʻonchining doʻsti boʻlmaydi[5].
Yolgʻonlar asosida qurilgan mamlakatda haqiqat kasallik sifatida baholanadi[15].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
- ↑ Tursun 2006, s. 149.
- ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 147.
- ↑ Tursun 2006, s. 56.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 213.
- ↑ Tursun 2006, s. 122.
- ↑ Tursun 2006, s. 142.
- ↑ Tursun 2006, s. 146.
- ↑ Tursun 2006, s. 124.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 212.
- ↑ Tursun 2006, s. 145.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.
- ↑ Tursun 2006, s. 144.
- ↑ Tursun 2006, s. 156.
- ↑ Oqil Abdubarnoyev. „Janni Rodaridan iqtiboslar“. Jadid.uz (23-oktyabr 2024-yil). Qaraldi: 9-fevral 2025-yil.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.