Yoqubjon Xoʻjamberdiyev
Qiyofa
Yoqubjon Xoʻjamberdiyev | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
15-mart 1947 Suzoq |
Vafoti |
28-fevral 2022 Toshkent |
Qardosh loyihalar | |
Yoqubjon Xoʻjamberdiyev (15-mart 1947-yil – 28-fevral 2022-yil) — yozuvchi, jurnalist, adabiyotshunos, shoir va tarjimon.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Alixontoʻra Sogʻuniy oʻz hayotining zimziyo kunlarida nima sababdan tarjima qilish uchun aynan “Temur tuzuklari” va “Navodir ul-vaqoye”, Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” yoki Darvesh Ali Changiyning “Musiqa risolasi”ni tanladi? Axir u nafaqat jangchi, qoʻmondon, ayni paytda diniy ulamo ham edi-ku! Oʻz zamonasida qancha-qancha diniy kitoblarni oʻqimadi, deysiz. Sharq olamining manaman degan olimlarining insholarini tinchgina tarjima qilib, diniy idora kutubxonasiga “esdalik” uchun topshirib qoʻyib, el-yurtning ziyofatlarida, toʻy-hashamlarida mazza qilib, davrini surib yuraversa boʻlmasmidi? Yoʻq! Boʻlmas edi, deb javob berishadi Alixontoʻra Sogʻuniyning hayoti va ijodi bilan ozgina boʻlsa ham tanish odamlar! Chunki Alixontoʻra Sogʻuniy faoliyat odami edi[1].