Alixontoʻra Sogʻuniy
| Alixontoʻra Sogʻuniy | |
|---|---|
![]() | |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
21-mart 1885 Toʻqmoq |
| Vafoti |
28-fevral 1976 Toshkent |
| Qardosh loyihalar | |
Alixontoʻra Sogʻuniy (21-mart 1885-yil, Toʻqmoq – 28-fevral 1976-yil, Toshkent) – Turkistonning atoqli olimi va adibi, Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali. U „Turkiston qaygʻusi“, „Tarixi Muhammadiy“, tibbiyot ilmiga oid „Shifa ul-ilal“, sheʼr va dostonlar yozgan hamda „Temur tuzuklari“, Ahmad Donishning „Nodir voqealar“, Herman Vamberining „Movarounnahr yoki Buxoro tarixi“ asarlarini tarjima qilgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Agar oʻzbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yigʻila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat boʻlmas edi[1].
- Kerakligicha din ilmini oʻrganish hammaga farz boʻlganidek, oʻz hukumatini, Vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini oʻqib bilishlik ham farzdir[2].
- Nuh paygʻambarning oʻgʻli yomon yoʻldoshlarga qoʻshilib edi, paygʻambarzodalik fayzidan ajradi. Ashobi Kahfning iti yaxshilarga ergashib, Qurʼonda qissasi aytilib, haq yoʻlidagi odamlar qatoriga kirdi[3].
- Odam oʻzligini unutmasligi uchun uch narsani qoʻldan boy bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini. Vatanimizni boy berdik. Dinimizni ham yoʻqotdik. Endi tilimizni ham unutsak, biz kim boʻlamiz?[4]
- Qay bir kasbda agar kishi xato qilsa, zarari molga yetar, agar tib ilmida xato qilsa, jonga yetar...[3]
- Qaysi bir ilm egasi xoh diniy, xoh dunyoviy boʻlsin, agarki, xarbiy-siyosiy ilmga ega boʻlmas ekan, unday odam misoli bir dumi yoʻq qushga oʻxshashki, biror narsaga qoʻnib oʻzini ushlab turolmaydi... Zero, qushning muvozanatini uning dumi saqlaydi[3].
- Qoʻrqib, qabrdan qirq yil qochib yurgan odam oxiri bu dunyoda birinchi qazilgan goʻrga tushgan ekan[3].
- ...oʻz Vatanini boshqalar tasarrufiga qoldirib, ikki dunyosidan ajrab xorlik bilan yashagan yolgʻon musulmonlardan ilm, fan, madaniyatni oʻzlashtirib, butun huquqlariga ega boʻlgan kofirlar, albatta, ortiqdur[3].
Sogʻuniy haqida
[tahrirlash]Alixontoʻra Sogʻuniy oʻz hayotining zimziyo kunlarida nima sababdan tarjima qilish uchun aynan “Temur tuzuklari” va “Navodir ul-vaqoye”, Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” yoki Darvesh Ali Changiyning “Musiqa risolasi”ni tanladi? Axir u nafaqat jangchi, qoʻmondon, ayni paytda diniy ulamo ham edi-ku! Oʻz zamonasida qancha-qancha diniy kitoblarni oʻqimadi, deysiz. Sharq olamining manaman degan olimlarining insholarini tinchgina tarjima qilib, diniy idora kutubxonasiga “esdalik” uchun topshirib qoʻyib, el-yurtning ziyofatlarida, toʻy-hashamlarida mazza qilib, davrini surib yuraversa boʻlmasmidi? Yoʻq! Boʻlmas edi, deb javob berishadi Alixontoʻra Sogʻuniyning hayoti va ijodi bilan ozgina boʻlsa ham tanish odamlar! Chunki Alixontoʻra Sogʻuniy faoliyat odami edi. | |
| — Yoqubjon Xoʻjamberdiyev[5] |
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Darsga kelmasa ham, oshga keladi…
- ↑ Vatanga muhabbat…
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Yoqubjon Xoʻjamberdiyev. Alixontoʻra Sogʻuniy (Oʻzbek). Toshkent: "Azon kitoblari" nashriyoti, 2021 — 628-bet. ISBN 978-9943-7272-7-4.
- ↑ Til – millatning qalbi
- ↑ Yoshlik jurnali: Alixontoʻra Sogʻuniy
