Din (arabcha: دين – „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) — jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir; shuningdek, shaxsiy eʼtiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.
Barcha dinlar, sanʼatlar va fanlar bir daraxtning shoxlaridir. — Albert Einstein
Barcha dinlar, oʻzlarining xudolari, paygʻambarlari, avliyo-anbiyolari bilan hali intellektual qudratlarini jilovlamagan va toʻliq rivojlantirmagan odamlarning xayolotlari va ishonuvchanliklariga asoslangandir. Mixail Bakunin
Bedavo dindor, koʻpchilikning ruhiy holatini shunday taʼriflash mumkin. Thomas Edison
Balki bugun oltin hayotning yagona boshqaruvchisiga aylangandir, biroq hali zamon keladiki, odamzot yana undan yuqori boʻlmish Xudoga sajda qiladi. Adolf Hitler
Diniy azoblanish bir vaqtning oʻzida voqeʼiy azoblanish ifodasi va voqeʼiy azoblanishga boʻgan norozilikdir. Din ezilgan mavjudotning ohi, yuraksiz olam yuragi va ruhsiz holat ruhidir. U xalq afyunidir. Karl Marx
Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan, Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qoʻlimizdan[2].
Kishining oʻzini tutishi simpatiya, taʼlim va ijtimoiy aloqalarga asoslangan boʻlishi zarur; diniy asos muhim emas. Agar kishi oʻlimdan keyingi jazodanqoʻrqib yoki mukofotdanumidvor boʻlib, oʻzini tutib yursa, bu juda achinarlidir. Albert Einstein
Odam diniy hayvondir. U hayvonlar ichida yagona diniyidir. U hayvonlar orasida Haq Dinga — ulardan bir nechasiga ega yagona hayvondir. U hayvonlar ichra qoʻshnisini oʻzidek sevadigan va agar uning teologiyasi notoʻgʻri boʻlsa, uni boʻgʻizlaydigan yagona hayvondir. U qardoshlarining yoʻlini haq va baxtga yetaklashga harakat qilib, dunyoni mozoristonga aylantirgandir. Mark Twain