George Bernard Shaw
| George Bernard Shaw | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
26-iyul 1856 Dublin |
| Vafoti |
2-noyabr 1950 Ayot St Lawrence |
| Qardosh loyihalar | |
George Bernard Shaw (talaffuzi: Jorj Bernard Shou; 1856-yil 26-iyul — 1950-yil 2-noyabr) — irlandiyalik taniqli dramaturg, yozuvchi, adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrdindori (1925-yil), London iqtisodiyot va siyosatshunoslik instituti asoschilaridan biri.
A
[tahrirlash]Agar Siz biror odamni oʻqitib, biror narsaga oʻrgatmoqchi boʻlsangiz, yanglishasiz — u hech narsani oʻrganmaydi.
Agar kishi murakkab ish bilan shugʻullansa va uni yaxshi bajarsa, hech qachon oʻziga boʻlgan hurmatni yoʻqotmaydi.
B
[tahrirlash]Barcha buyuk haqiqatlar kufr oʻlaroq boshlanadi.
Baxtni ishlab chiqarmay turib isteʼmol qilishga haqqimiz yoʻq.
Bolalarni toʻgʻri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday koʻrinishi kerak.
E
[tahrirlash]Erkak yoki ayolning tarbiyalanganlik darajasi janjal paytida yaqqol namoyon boʻladi.
F
[tahrirlash]Faqat bitta din bor, uning yuzlab versiyalari boʻlgani bilan.
I
[tahrirlash]Istagim bor ekanki, yashashimga sabab bor. Qoniqish oʻlimdir.
M
[tahrirlash]Mangu yashashga urinmang, baribir bu qoʻlingizdan kelmaydi.
Mening mutaxassisligim boshqalar nohaq boʻlganda haq boʻlishdir.
Meni hazil qilish uslubim haqiqatni gapirishdan iborat. Bu olamdagi eng qiziq hazildir.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam! Men bu zotning hayotini oʻrganish davomida aql bovar qilmaydigan narsalarni koʻrdim. U nasroniylarga dushman boʻlmagan ekan. Men bu zotni “Butun insoniyatning xaloskori” deb atash kerak ekan, degan qarorga keldim[3].
Muqaddas Kitobda „maʼnaviyat“ soʻzini uchratsak, unda „telefon“ yoki „avtomobil“ soʻzlarini uchratganimizdek hayratda qolardik.
N
[tahrirlash]Nafratlanishni bildirishning eng yaxshi yoʻli sukut qilishdir.
O
[tahrirlash]Obroʻ-eʼtibor ayolni hayotiy kuchdan mahrum qildi[1].
Odam mamlakat va insoniyat uchun qilishi mumkin boʻlgan eng katta xizmat — bolalarini tarbiyalashidir.
Odamzotdan vatanparvarlikni olib tashlamas ekansiz, hech qachon tinch dunyoga erisha olmaysiz.
P
[tahrirlash]Pyesa sifati undagi gʻoyalar sifatidir.
Q
[tahrirlash]Qotillik senzuraning ekstremal shaklidir.
S
[tahrirlash]Siz narsalarni koʻrasiz; va soʻraysiz: Nega shunday? Lekin men narsalar hech qachon boʻlmaganini va yoʻq boʻlishini xayol qilaman; va soʻrayman: Nega shunday emas?
Sogʻlom odam umurtqasi borligini bilmaganidek, sogʻlom millat ham millatchilikni bilmaydi.
T
[tahrirlash]Tasavvur ijodning boshlanishidir. Istaganingizni tasavvur qilasiz; tasavvur qilganingizni istaysiz; va nihoyat, istaganingizni yaratasiz.
X
[tahrirlash]Xatolarga toʻla hayot, garchi hurmatga sazovor boʻlmasa ham, hech bir urinishsiz va xatolarsiz yashalgan umrdan afzalroq.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Sema Marashli. Turmush oʻrtoʻgimning tengi yoʻq: hikoyalar. Toshkent: „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2021 — 176-bet. ISBN 978-9943-20-809-4.
- ↑ Charlz Uilan. Yalangʻoch iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi. Toshkent: „Asaxiy Books“ loyihasi, „Nihol“ nashriyoti, 2023 — 540-bet. ISBN 978-9943-23-222-8.
- ↑ Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.